Daryo

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshdi

Hozirga qadar 402 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan

1 daqiqa o‘qish41 754 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Butun dunyoda bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar 402 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

Toshkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga ko‘ra, dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 7 009 065 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar 3 133 664 kishi virusdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Kasallar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda — 1,9 milliondan ortiq bemor. Uning ortidan Braziliya (691 ming) va Rossiya (467 ming) o‘rin olgan.

Avvalroq Braziliya mamlakatdagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda esa 6 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi. Mavzuga doir:  O‘zbekistonda 7-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 4331 nafarga yetdi. Hozirgacha mamlakatda 3354 nafar bemor sog‘aygan, 17 nafari esa vafot etgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar