Daryo

Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi

U taqiqlangan vaqtda restoranda o‘tirgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish27 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Avstriya politsiyasi shaharda tekshiruv o‘tkazayotgan vaqtda mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi, deb yozmoqda Kurier. U taqiqlangan vaqtda restoranda o‘tirgan bo‘lgan.

Foto: Reuters

Ma’lum bo‘lishicha, 24-mayga o‘tar kechasi prezident Aleksandr Van der Bellen Sole restorani ayvonida rafiqasi va tanishlari bilan o‘tirgan bo‘lgan.

Avstriyada koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlarga ko‘ra, restoranlar, kafe va barlar kechki soat 23:00 gacha yopilishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi belgilangan. Mijozlar esa stol atrofida o‘tirishda davom etishi mumkin, lekin ulardan buyurtma qabul qilinmaydi. Politsiya ko‘zdan kechirgan vaqtda ularning stolida ichimliklar turgan bo‘lgan.

“Men karantin davridan beri ilk bor ikki do‘stim va rafiqam bilan tamaddi qilishga chiqqan edim. Gap bilan bo‘lib, vaqt o‘tganini sezmay qolibmiz. Men chuqur afsusdaman. Bu xato bo‘ldi”, — deb yozgan prezident Twitter’dagi sahifasida. Shuningdek, agar restoran egalari qandaydir zarar ko‘rsa, uni qoplash uchun o‘zi javobgar bo‘lishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan talablarni buzganlik uchun 30 ming yevro miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Avstriyada karantin choralarini 1-maydan boshlab yengillashtirish boshlandi. Shu kundan boshlab odamlarga uylaridan chiqish ruxsat berildi. Restoranlar esa 15-maydan ochildi va soat 6:00 dan 23:00 gacha ishlashga ruxsat berilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 16,5 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 15 mingdan ortig‘i tuzalgan, 640 nafari vafot etgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar