O‘zbekistonning qadimiy sport nashrlaridan biri “Futbol Ekspress” gazetasi faoliyatiga yakun yasaldi.
Tahririyat a’zolaridan birining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, gazeta moliyaviy muammolar sabab o‘z faoliyatini to‘xtatgan. “Futbol Ekspress” 1996-yildan buyon chop etib kelinardi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bundan avval “Asr futboli”, “Chempion”, “Futgol”, “Stadion” kabi nashrlar faoliyatini to‘xtatgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)