• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tabiat muammolari haqida o‘ylab olish uchun eng mos sana. 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni

    Bugungi dunyoda ekologik himoya dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 5-iyun esa Butunjahon atrof-muhit kuni sifatida ana bu muammo ustida o‘ylab olish uchun yaxshi sababdir. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan o‘quvchilar diqqatini tabiat muammolari haqida ayrim faktlarga va fikr-mulohazalarga qaratadi.

    “Yoki biz atrof-muhitni ifloslantirishni to‘xtatamiz yoki atrof-muhit bizni mahv qiladi”. 1971-yilning 11-may sanasida o‘sha vaqtdagi BMT bosh kotibiga kelib tushgan va jahonning 23 mamlakatidan 2 200 nafar ilm-fan va madaniyat arbobi tomonidan imzolangan murojaatda ushbu lo‘nda va dangal gap aytilgan edi.

    Albatta, ushbu jiddiy chaqiriq BMT doirasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Keyingi yiliyoq BMT tashabbusi bilan Shvetsiya poytaxti Stokgolmda atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan maxsus konferensiya chaqirilgan va unda atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va kelajak avlodga ekologik musaffolikni saqlagan holda yetkazish masalalari o‘rtaga tashlangan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Stockholm Conference on the Human Environment nomi ostida o‘tgan mazkur xalqaro konferensiya aynan 5-iyunda ish boshlagan edi. Keyinchalik, 1972-yilning 15-dekabr kunida o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida qabul qilingan maxsus rezolyutsiya bilan ushbu sana Butunjahon xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘sha sessiyada BMT, shuningdek, ushbu muhim masala bo‘yicha doimiy faoliyat yuritishi belgilangan o‘z tarkibiy organi – UNEP’ga ham asos solgan. Mana 48 yildirki, BMT shafeligi ostida ushbu sana butun jahon bo‘ylab atrof-muhitni muhofaza qilish kuni o‘tkazilmoqda.

    Ushbu sanani nishonlashdan maqsad, jahon hamjamiyatining e’tiborini atrof muhit muammolariga qaratish va atrof-muhitni, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish ishlariga hukumatlar darajasida siyosiy rag‘bat uyg‘otishdan iboratdir. Albatta, odamzot qanchalik texnologik ilg‘orlikka erishmasin, u baribir tabiatning, o‘zini o‘rab turgan tevarak muhitning bir qismiligicha qolaveradi. Bizning jismonan mavjud bo‘lishimiz, intellektual va axloqiy kamolotimiz hamda ijtimoiy taraqqiyotimiz atrofimizdagi tabiat va muhit bilan uzviy bog‘liqdir.

    Inkor qilib bo‘lmas ushbu haqiqatni tafakkur qilib ko‘rgan holda biz o‘zimizning tabiatga, ekologiyaga bo‘lgan munosabatimizni yana bir bora qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Biz nafas olib turgan havo ham, ichayotgan suv va iste’mol qilayotgan ozuqa ham – tabiatning bizga beradigan in’omidir. Masalan, dengiz o‘simliklari Yer atmosferasiga chiqariladigan sof kislorodning yarmidan ko‘pini ta’minlab beradi. Yirik daraxtlarning har biri esa o‘rtacha 22 kg karbonat angidrid gazini yutib, o‘rniga yana biz uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi.

    Shunday ne’matlarni taqdim qilishiga qaramay, odamzot tabiat bilan yomon munosabatda bo‘layotgani achinarlidir. Bugungi kunda asosan plastik va boshqa unsurlar bilan ifloslangan dengizlar, kesib yo‘q qilinayotgan o‘rmonlar misolida odamlarning go‘yoki “yaxshilikka yomonlik” qaytarayotganini his qilish mumkin. BMT shafeligidagi ushbu sanani nishonlashda ham masalaning aynan shu jihatiga e’tibor qaratiladi va ekologik muvozanatni saqlashda, tabiatni muhofaza qilish borasida hali oldimizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p ekaniga urg‘u beriladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu orqali hukumatlarni, biznesni va har bir shaxsni tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga undash, ayniqsa, yovvoyi tabiatni asrash, sayyoramizning hayot tizimlarini ta’minlab turgan biologik tizimlarni avaylashga chaqirish maqsad qilinadi. Tabiatni muhofaza qilish borasida jamoatchilikning ta’sirini kuchaytirish, kelgusi avlodga ham musaffo zamin qoldirishning ahamiyati nechog‘lik muhim ekanini odamlar ongiga singdirishga harakat qilinadi.

    Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuni odatda muayyan shior ostida o‘tkaziladi. Birinchi marta 1974-yilda ushbu sana “Yagona zamin” shiori bilan nishonlangan. Keyinchalik turli yillarda bu sana “Suv – hayot manbai”, “Bir zamin – bir oila”, “Hayot nomi ila dengizlarni qutqaraylik!”, “O‘rmonlar: tabiat xizmatidan foydalanib”, “Yovvoyi tabiat uchun kurash!”, “Yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi murosasiz kurash siyosati” singari shiorlar bilan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilgan va o‘sha yillarda mazkur shior mohiyatiga muvofiq keng ko‘lamli amaliy ishlar qilingan.

    O‘tgan 2019-yilda atrof-muhit muhofazasi kuni “Havoning ifloslanishiga qarshi kurash” shiori bilan o‘tkazilgan edi. Joriy 2020-yilda esa ushbu sana biologik xilma-xillik masalalariga bag‘ishlanib o‘tkazilmoqda. Albatta, biologik xilma-xillik sayyoramizdagi, quruqlik va suvdagi hayotni ta’minlab turgan tizimdir. Odam salomatligiga oid barcha jabhalarga mutlaq ta’sirga ega bo‘lgan ushbu tizim bizni toza havo va suv bilan hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Biologik xilma-xillik odamlarga tibbiy resurslar yetkazib berib turish bilan birga tabiiy kasalliklarga qarshi chidamliligi borasida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda tobora dolzarb masala sifatida namoyon bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari muammolarini hal qilishda ham insoniyat, albatta, biologik xilma-xillikka tayanishi lozim bo‘ladi. Ushbu tizim zanjiridagi birgina elementning o‘zgarishi yoki yo‘qolishi ham global halokatlarga olib kelishini, butun boshli hayot tizimini izdan chiqarishi mumkinligini hamma yaxshi anglashi kerak.

    Ayniqsa yovvoyi hayvonlar hayotiga nisbatan odamzotning daxl qilishi oxirgi yillarda falokatli bo‘lib bormoqda. Natijada yovvoyi jonivorlar populyatsiyasi qisqaryapti, ayrim turlari esa hatto yo‘q bo‘lib ketyapti. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi ikki barobar ko‘paydi; jahon iqtisodiyoti ham deyarli to‘rt barobarga o‘sdi, dunyo bo‘yicha savdo hajmi esa 10 barobarga ortdi. Odamlar mislsiz ko‘lamda tabiat resurslarini iste’mol qilishmoqda. Va BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi insoniyatning yillik iste’mol talabi sayyoramiz imkoniyatlaridan 1,6 barobarga oshib ketgan deb baholanmoqda.

    Ayniqsa joriy yilda “Buyuk karantin” nomi bilan shubhasiz hammamizning butun umrga yodimizda qoladigan COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi biologik xilma-xillik tizimiga ziyon yetkazish orqali aslida biz o‘zimizga-o‘zimiz ziyon yetkazishimizni ko‘rsatib qo‘ydi. Ekotizimning biologik xilma-xilligi qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, bitta patogenning turdan turga o‘tishi va odamlar orasida tarqalish tezligi ham shuncha qiyin bo‘ladi; aksincha, g‘arib biologik xilma-xillikda patogenlar hayvonlardan hayvonlarga va ular orqali odamzotga juda tezlik bilan o‘ta oladi va tarqaladi.

    O‘z boshimizga tushgan va ko‘zimiz ko‘rib turgan ushbu yaqqol misol ham bizning atrof-muhitni, tabiatni asrashga aslida qanchalik mas’ul ekanimizni ko‘rsatib turibdi. Shunday ekan, tabiatni asraylik do‘stlar, atrof-muhitni, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarni avaylaylik.

    “Daryo” ijodiy jamoasi ushbu muhim sana munosabati bilan yurtimizdagi va jahondagi barcha ekofaollarni, tabiatni asrashga bel bog‘lagan ekolog mutaxassislarni chin dildan tabriklaydi. Butun bashariyat uchun muhim bo‘lgan ezgu faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

    05.06.2020, 14:57   Izoh (0)   70869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Norvegiyada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 8 ta uy dengizga g‘arq bo‘ldi (video)

    05.06.2020, 14:35

    Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi

    05.06.2020, 13:44

    “Bunga raddiya berishning o‘zi ahmoqona”. Bill Geyts koronavirus vaksinasi orqali insoniyat chiplashtirilayotgani haqida

    05.06.2020, 12:08

    Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 39 kishida koronavirus qayd etildi

    05.06.2020, 11:45

    Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 ming kishidan oshdi, Qirg‘izistonda esa 2 ming kishiga yaqinlashdi

    05.06.2020, 11:06

    AQShda o‘limi ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan Jorj Floyd bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

    05.06.2020, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.