Norvegiya shimolida 3-iyun kuni sodir bo‘lgan yer ko‘chkisi sakkizta uyni dengizga olib ketdi. Bu haqda The Local xabar berdi.
Erigan qor va loyning ko‘chishi bir necha soat davom etgan. Uylarning suvga g‘arq bo‘lishiga qancha vaqt ketgani noma’lum. Videoga ko‘ra, ular yetarli darajada sekin harakatlangan.
Altaposten nashri jurnalistlari dengizga g‘arq bo‘lgan kottejlardan birining egasi bilan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy egasi dastlab gumburlashni eshitgan, nima bo‘layotganini anglagan zahoti “o‘z jonini saqlash” maqsadida tepalikka yugurgan.
https://twitter.com/JanFredrikD/status/1268270255509512193
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jarohat olmagan. Ko‘chki oqibatida bir it dengizga tushib ketgan, biroq u mustaqil ravishda qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)