O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 1-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 11 nafarga ko‘payib, 3673 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. Ularning 3 nafari aholi orasidan aniqlangan, 4 nafari esa statsionar karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, yangi kasallanganlarning 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari hisoblanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2859 nafar fuqaro kasallikdan sog‘aygan. Mamlakatda 15 nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)