Ichki ishlar vazirligi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qaror loyihasida jismoniy shaxslarga qurol muomalasi sohasida ruxsatnomalarni berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari, ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari hamda ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.
Alohida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, ruxsatnomalar subyektlari O‘zbekistonda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi.
Fuqaroviy (mukofot, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish) qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, O‘zbekiston hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda ushbu qurollar va uning o‘q-dorilarini tashish ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston hududidan olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda qurol uchun ruxsatnoma qanday tartibda olinishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)