• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Siyosiy jang maydoniga aylanayotgan Ikkinchi jahon urushi xotirasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali iqtisodiy salohiyatini tiklayotgan Xitoy. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Ikkinchi jahon urushi xotirasi siyosiylashtirilmoqdami?

    Nufuzli nemis nashri Der Spiegel’ning yozishicha, Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 75 yil vaqt bo‘lgan bir vaziyatda yangi urush o‘ta faollashib ketdi va bu urush asosan o‘tmishdagi urush tarixini kim qanday yoritilishini qabul qilishiga bog‘liq bo‘lib qoldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Germaniyaning bosh maydoni – Reyxstag va kansler ishxonasi orasida urush tugaganining 75 yilligi munosabati bilan ulkan bir tadbir o‘tkazilishi, tadbirda butun Yevropa qit’asi va Isroildan taklif qilingan faol yoshlar qatnashishi va Germaniya federativ respublikasining yuqori mulozimlari ishtirok etib nutq so‘zlashi rejalashtirildi. Biroq…

    Koronavirus keldi-yu, yuqori nemis mulozimlari tin olib nafas oldi. Urush tugagani munosabati bilan belgilangan tadbir Noye Vaxe – urush qurbonlari xotirasi maydoniga gul qo‘yish bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Tadbirda kansler Angela Merkel, prezident Frank Valter Shtaynmayer, Bundestag raisi Volfgang Shoyble, mahalliy parlament a’zolari va konstitutsiyaviy sud raislari ishtirok etadigan bo‘ldi. Germaniyadagi bu tadbir 15 daqiqalik tadbirga aylanadigan bo‘ldi. Rasmiy Kremldagi parad ham koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirildi. Nemis hukumatidagilarning fikrlariga ko‘ra, hozirda bunday tadbirlar ancha siyosiylashgan.

    So‘nggi paytlarda 75 yil avval yakuniga yetgan dunyo aholisining 60 millioni hayotiga zomin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi bugun turli mamlakatlarda va davralarda turli bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lib kelmoqda. Shu sababdan Ikkinchi jahon urushi atrofidagi bahslarni o‘ziga xos siyosiy jang maydoniga qiyos qilish mumkin. Tarix qurolga, geosiyosatning vositasiga aylangan so‘z urushiga aylandi. Bu urushda asosiy front chizig‘i ayni damda Polsha va Rossiya o‘rtasida o‘tmoqda. Hissiyotga to‘la ijtimoiy bahslarda aybdorlikni ag‘darishda buyuk muhorabada kim urushning qurboni bo‘lganu, kim ko‘proq aziyat chekkanini isbotlashda Yevropa qit’asining boshqa mamlakatlari ko‘proq kim tarafda ekanini aniqlashdan iborat bo‘lib qoldi.

    Germaniya esa sukut saqlagancha betaraflik chirog‘ini yoqib olgan. Germaniya shu manzarada go‘yoki yaxshi taassurot uyg‘otmayotgandek. Koronavirus esa Germaniyaga qo‘l kelib qoldi. Sababi nemis rahbariyati urush qurbonlarini kim bilan nishonlash-u, kimni tadbirga taklif qilish borasida boshi qotib turgan edi. Putin Angela Merkel va Frank Valter Shtaynmayerni 9-may paradiga taklifnoma yuborgan bo‘lsada, rasmiy Belvyu qasri mulozimlari taklifga javob yo‘llashga shoshilmadi.

    Moskvadagi rahbariyatning avzoyi buzila boshladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xitoy rahbari janob Si taklifni qabul qilib, ishtirok etish istagini ertaroq bildirdi, ammo 1941-yilda SSSRga bostirib kirishga ahd qilgan Germaniya jim. Putin buni o‘zicha haqorat deb qabul qilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan besh yil muqaddam Ukrainadagi inqiroz avj olgan bir vaziyatda Merkel xonim Moskvadagi paradda ishtirok etmasligini bayon qilgan, ammo ertasiga Kreml devorlari yonidagi Noma’lum askar haykali poyiga gul qo‘yish uchun yetib kelgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hozirda Ikkinchi jahon urushini talqin qilishda ikki dunyoqarash murosasiz bahsga kirishgan.  Birinchisi, Molotov ava Ribbentrop imzolagan bitim va bu bitimdan kelib chiqadigan maxfiy bandlar Sovet Ittifoqini urush o‘chog‘ini kengaytirishda ishtirok etgani borasida aybdor qiladimi degan masala. Ikkinchisi esa 1985-yilda o‘sha vaqtlardagi Germaniya Federativ Respublikasining sobiq prezidenti Rixard fon Vayztsekker ishlatgan bir atama – “ozodlik”.

    Germaniya tarafi 1945-yilning bahorida Vermaxt armiyasining tor-mor qilinishini ozodlik deb yoyinlasada, polyaklar, boltiqbo‘yi xalqlari va Sharqiy hamda Markaziy Yevropadagi xalqlar orasida bu borada mutlaqo boshqacha fikrni qabul qilish odat. 9-may shubhasiz nemis okkupatsiyasidan ozodlikni olib keldi, shu bilan birga stalinizmga qaramlikdek tushunchaning ham paydo bo‘lishiga turtki berdi. Xotiraga nisbatan ikkiyoqlama qarashning mavjudligi esa noto‘g‘ridek.

    Stalin Gitler bilan tinchlik bitimini imzolar ekan, bu amalda Polsha o‘z mustaqilligidan ayrilishini anglatar edi. Ammo Stalin va Gitler o‘rtasida bitim bo‘ladimi yoki yo‘q, Germaniya oxir oqibatda Polshaga bostirib kirishi ham bor gap. Bu esa Ikkinchi jahon urushi uchun nasistlar Germaniyasiga bor mas’uliyatni yuklaydi. Yevropa Ittifoqidagi siyosiy ruh ham o‘zgardi. Qizil Armiya va SSSRga bo‘lgan qarash ham g‘arbning sharqqa qadar yoyilishi bilanoq o‘zgardi. Bugun ruslar urush qurbonlari va ozodlik keltiruvchilar deb emas, ko‘proq jinoyatchi va bosqinchilar sifatida e’tirof etila boshlandi.

    O‘tgan yilning sentabr oyida Yevropa Ittifoqining “Yevropa kelajagi uchun urushning xotirasi haqidagi” qarorida nemislarning Polshaga hujumi Gitler va Stalin o‘rtasida imzolangan bitimning natijasi deya e’tirof etildi. Parlament tomonidan tarixni baholashda belgilab qo‘yiladigan me’yorlar, odatda, noxolis bo‘lishi ham turgan gap. Bundan esa nemis natsional sotsializmi bilan bir qatorda stalinizm ham totalitar, dunyoni bosib olishga uringan rejimlar deya topiladi. Bu esa Putinga yoqmadi. Janob Putin rasmiy Varshavaning Berlindagi elchisini “antisemit cho‘chqasi”, tarixni soxtalashtirayotgan g‘arbliklarni “ovozini o‘chirib qo‘yish” bilan tahdid qildi.

    G‘arbda urushda ishtirok etgan Qizil Armiya ahamiyatining pasaytirilayotgani Rossiya uchun og‘riqli qabul qilinmoqda. Shunday vaziyatda  urush xotiralarini siyosiylashtirishga urinish tobora bahslar maydoniga aylanib, Rossiya va G‘arb o‘rtasida jarlik paydo qilmoqda. Rossiya ham Ikkinchi jahon urushini Kreml istaganidek talqin qilinishini xohlayotgan bo‘lsa, Polsha ham bu tarixni polyakcha qabul qilinishini istamoqda.

    Pandemiya sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Xitoy faoliyati

    Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus kezib yurar ekan, Xitoy rahbariyatining maqtanish uchun yetarlicha asoslari bor, deb yozadi “Eurasia.net” nashri.

    Foto: “Gov.kg”

    Foto: “Gov.kg”

    Xitoy elchixonasining matbuot xizmati ham Markaziy Osiyoga ko‘rsatayotgan yordami haqida tin olmasdan xabar tarqatmoqda. Koronavirusni aniqlash uchun minglab testlarning Markaziy Osiyo respublikalariga taqdim etilayotgani, xitoylik shifokorlarning pandemiya bilan kurashayotgan mamlakatlariga yordam uchun tashrif buyurgani shular jumlasidan. Bundan Markaziy Osiyo OAVlari ham xursand holda bir qator maqolalar chop etdi.

    Misol uchun, “Podrobno.uz” elektron nashrida 3-aprel sanasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh aerportda koronavirusni aniqlashga yordam beradigan haroratni aniqlashga yordam beradigan uskuna yetkazib berilgani haqidagi maqoladan ko‘ra press-relizga monand material chop etildi. 2019-yil holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiy Pekindan 2,3 milliard dollar qarz. Bu esa Qirg‘iziston yalpi ichki milliy mahsulotining taqriban 30 foizini tashkil etadi. 14-aprel sanasida Qirg‘iziston rahbari Soronbay Jenbekov Xitoy rahbaridan yordam olish borasida murojaat qildi. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda.

    30-aprel sanasida The Financial Times nashrida e’lon qilingan maqolada rasmiy Pekin “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi ishtirokchilarining tashqi qarz yuklamasini yengillatish borasidagi takliflari borasida biror bir rejani o‘ylab ham ko‘rmagan. Xitoy rasmiylari esa kreditlarni kechib yuborishdan ko‘ra, ularning foizlarini to‘xtatib turishlari imkoni borligi haqida shivirlamoqda. Qirg‘iziston shimoldagi saxiy qo‘shnisining qarzdan kechish odatlariga o‘rganib qolgan bo‘lsada, koronavirus davrida rasmiy Moskvaning qarzdan kechish uchun cho‘ntaklari tagi ancha ko‘rinib qolgan. Xitoy bilan tenglashish uchun Rossiyaga yo‘l bo‘lsin!

    Rossiya so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistondagi raqibi Xitoyni savdo masalalarida ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo aylanmasi shu davr mobaynida sezilarli qisqardi. Qirg‘izistondagi savdo aylanmasi hajmi 47 foizga, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda 20 foizga qisqardi. Ammo Xitoy savdo vaziri Chjun Shan O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov bilan qilgan telefon muloqoti chog‘ida Xitoy qo‘ldan boy berilgan imkoniyatni tiklab olish borasida ishontirishga ham urindi. Koronavirus markazi bo‘lgan Uxandan bir hafta muqaddam O‘zbekistonga 216 ta Chevrolet Equinox avtomibillari ortilgan poyezd yetib keldi va o‘z egalariga yetkazildi. COVID-19 pandemiyasi cho‘qqisiga chiqqan fevral oyida Xitoy avtomobil eksportiga taqiq qo‘ygan edi.

    7-aprel sanasida Ozodlik radiosi Xitoy hukumati O‘zbekiston hukumati joriy etgan karantin holatiga qaramasdan ehtiyotkorlikmi yoki imi-jimidami mamlakatga tibbiy yordam doirasida o‘z ishchilarini ham olib kelayotgani haqida xabar tarqatdi. Yuzlab muhandislar boshqa soha vakillari shifokorlar ortilgan charter reyslarda O‘zbekistonga olib kirilgan. Ishchilarning 14 kunlik karantinga yotqizilgani aytilgan bo‘lsa-da, ularning ayrimlari karantin muddatini o‘tab Andijon va Toshkentdagi zavodlarga olib borib joylashtirilgan. Xitoy elchixonasi esa o‘z mamlakatining nomiga dog‘ tushirmaslik uchun bunday ma’lumotlarni OAV bilan o‘rtoqlashmaslikka jon-jahdi bilan harakat qiladi.

    Xitoy esa aftidan karantinda boy bergan iqtisodiy salohiyatini tiklab olish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bordi-keldidan anchayin ham manfaatdor.

    Tramp va Sida yetakchilik qobiliyati yo‘qligiga misol

    Pandemiya sharoitida Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin virusdan aziyat chekayotgan hamjamiyat oldida imkoniyatlar eshigini ochish borasida ularni haqiqiy yetakchiga aylantirishi mumkin bo‘lgan bir qator imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdi deb yozadi The Project Syndicate nashri va mazkur muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Inqiroz paytida odamlarga yordam berish uchun o‘z oldiga muhim maqsad qo‘yish va ularni amalga oshirish o‘ta muhim. Tarixga yuzlanilsa, Uinston Cherchil 1940-yilda Buyuk Britaniya bosh vazirligi paytida chin yetakchi ekanini ko‘rsata oldi. Keyinroq esa Janubiy Afrika Respublikasida aparteid rejimi chuqur ildiz otgan jamiyatda Nelson Mandela aynan o‘z xalqining haqiqiy yetakchisi ekanini isbotlab berdi.

    Bu ikki voqea standart sifatida belgilab olinsa, bugungi kunda ikki yirik davlatning yetakchilari rahbarligi omadsizliklar bilan to‘la. AQSh rahbarida ham, Xitoy rahbarida ham pandemiya sharoitida o‘z jamiyati a’zolarini vaqtida ogohlantirish o‘rniga muammoni yashirish harakati namoyon bo‘ldi. Oqibatda esa minglab odamlarning hayotiga bevaqt nuqta qo‘yildi. Pandemiya bilan kurashilayotgan bir davrda ikki davlat arboblari voqealar aybdorini izlashga tutindi. Natijada, dunyo hamjamiyati COVID-19 muammosiga o‘z vaqtida “Marshall rejasi” ko‘lamida yordam berish imkonidan mahrum bo‘ldi.

    Yetakchilik asoslari bilan shug‘ullanadigan nazariyotchilar yetakchilarni ikki toifa – shakllanib kelayotgan va o‘z qo‘l ostidagilarga qattiq choralar ko‘ruvchi yetakchilarga ajratishadi. Birinchi toifadagi yetakchilar muammoga yechim topishning turli usul va yechimlarini izlagan holda o‘z boshqaruvi ostidagilar uchun ilhom bag‘ishlaydi, rag‘batlantiradi va kerak bo‘lsa taqlid qilish uchun timsolga aylanadi.

    Kichik Jorj Bush Iroqqa bostrib kirib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni qayta tartiblash uchun harakat qilganida uning muvaffaqiyatsizligi – doim ham rag‘bat va va muammoning turli usullaridan foydalangan holda yechim topishga intilgan yetakchilarning ishi omad keltirmasligidan darak. Haqiqiy yetakchi qanday uslubdan ish olib bormasin – “men” va “sen”ni “bizga” aylantira olishi lozim. Yalqov rahbarlar esa o‘z status kvolarini saqlashga moyil va o‘z tarafdorlari hamda hammaslaklaridan foydalanishga imkon qidiradi.

    Tramp ham aynan shunday rahbarlar sirasidan. “Qamchi va shirinlikka” urg‘u beradigan yetakchilar esa ba’zida jamiyatning umumiy axloqiga ham o‘ta samarali ta’sir qilishga qodir. Misol uchun, Nelson Mandela. U hukumat tepasiga kelgach qora tanli aholining o‘n yilliklar mobaynida kamsitilishi uchun qasos olishga kirishib ketishi mumkin edi, biroq u boshqa yo‘l tutdi. Barchani birlashtirishga erishdi. Oq tanli ham, qora tanli ham uning tarafdorlari qatoridan joy oldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Germaniyaning Fransiyaga Ikkinchi jahon urushi paytida uchinchi marotaba bostirib kirishidan so‘ng fransuz diplomati Jan Monne qasos faqat fojealarning takrorlanishiga olib kelishi haqida xulosa yasadi. U vaziyatni o‘nglash maqsadida Yevropa davlatlariga ko‘mir va po‘latni birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi va bu keyinchalik Yevropa Ittifoqidek hamjamiyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Bu esa so‘nggi yuz yillikda bir pasportga ega bo‘lgan vatandoshlar o‘zlarini bir jamoadek his qilishlari tuyg‘usi kuchaygani va mana shu tuyg‘u uchun jon berishga tayyor ekanliklaridan dalolat.

    Shunga qaramay COVID-19 va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar milliy chegaralar hech narsa emasligini ko‘rsatdi. Globallashgan dunyoda esa ko‘pchilik bir paytning o‘zida bir necha hamjamiyatlarning a’zosi sifatida anglanishi va yetakchilar esa tarafdor yoki hamfikr topish uchun tor doiradagi jamiyatlarga murojaat qilishiga ehtiyoj yo‘qoldi.

    COVID-19 bilan bog‘liq muammo esa ilhom va rag‘bat beradigan yetakchilarga imkon eshiklarini ochib berdi. Bunday rahbar esa virus muammosi chegara bilmasligini kechiktirmay tushuntirgan bo‘lardi. Ammo Tramp ham, Si ham bu imkoniyatdan foydalanmadi. Ular o‘z hokimiyatlari qudratini isbtlash o‘rniga, birgalikdagi kuch haqiqiy kuch ekanini tushunib yetmadi.

    Globallashgan dunyoda tarmoqli munosabatlar birlamchi ekan, Xitoy sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishi masalalariga be’etiborlik qilmaganda AQShga ham, qolgan dunyo davlatlariga ham katta ko‘mak ko‘rsatgan bo‘lar edi. Murakkablashib borayotgan dunyoda birgalikda maqsadlar uchun sherik topa olgan mamlakatgina qudratli bo‘ladi. AQShning xavfsizligi va taraqqiyoti uchun asosiy kalit esa “hammaning ustidan hokimiyat” o‘rniga “birgalikdagi hokimiyat” tamoyilidir.

    Bugun Tramp yetakchiligidagi Amerika “Avvalo Amerika manfaatlari” shiorini ilgari surar ekan (albatta bu yerda shior noto‘g‘ri deyilmayapti, aksincha, barcha milliy hukumatlar eng avvalo o‘z xalqining milliy manfaatlarini himoya qiladi) nol qiymatga teng qisqa muddatli manfaatlarni ko‘zlamoqda. Dunyo esa barqaror rivojlanishi uchun uzoq muddatli manfaatlarni ilgari surishi, propaganda asosiga qurilgan raqobatga emas, muammolarga yechim topadigan hamjamiyatga intilishi lozim.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    09.05.2020, 22:20   Izoh (0)   97851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 931 kishiga yetdi

    09.05.2020, 18:46

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi. O‘tgan bir sutka ichida 10 mingdan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan

    09.05.2020, 18:25

    Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 88 kishiga ko‘payib, 4922 nafarga yetdi

    09.05.2020, 15:30

    Video: Turkmaniston poytaxtida nonga uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

    09.05.2020, 14:31

    Yevropa va AQShda G‘alaba kuni qanday nishonlandi? (foto)

    09.05.2020, 12:54

    Pompeo yollanma jangarilarning Venesuelaga bostirib kirishga urinishiga AQShning aloqadorligini rad etdi

    09.05.2020, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.