• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mudhish yubiley. 152 yil oldin Rossiya imperiyasi Samarqandni qo‘shib olgan edi

    O‘z tarixi davomida ko‘plab bosqinlarni boshidan kechirgan Samarqand XIX asrda rus bosqiniga ham duch keldi. 1868-yil 2-may kuni Chor qo‘shinlari general-gubernator Fon Kaufman boshchiligida shaharga kirib keldi. Xo‘sh, bu qanday yuz berdi?

    Samarqandgacha bo‘lgan voqelar

    Rossiyaning janubga tomon yurishlari natijasida Qo‘qon xonligining bir qator hududlari, jumladan, Turkiston, Chimkent, Toshkent kabi muhim strategik ahamiyatga molik shaharlari egallandi. Sirdaryoning yuqori oqimi qo‘lga kiritilganidan keyin navbat Buxoro amirligi hududlariga yetgan edi. Bu paytda Buxoroda 1860-yilda vafot etgan Amir Nasrulloh Bahodirxonning o‘g‘li Amir Muzaffariddin Bahodirxon hukmronlik qilar, Samarqand ham amirlik tarkibida edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qo‘qon bilan dushmanona kayfiyatda bo‘lsa-da, u Xudoyorxonni qo‘llab-quvvatlar edi. Bu esa uning Rossiya bilan to‘qnashuvini yaqinlashtirdi. Shuningdek, u Rossiyadan bosib olingan hududlarni tark etishni talab qildi va Buxorodagi rus savdogarlarining mol-mulkini musodara qildi va Buxoroga muzokara uchun yuborilgan kishilarni tahqirladi. Tarixchilar shu hodisalarning urush boshlanishiga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. Aslida esa Rossiyaning Qo‘qondan keyingi asosiy yo‘nalishi Buxoroga qaratilgan edi.

    1866-yilning 20-may kuni Buxoro va rus qo‘shinlari o‘rtasida Erjarda (hozirgi Gagarin) jang o‘tadi. Jangda mag‘lub bo‘lgan amir Jizzaxga chekinishga majbur bo‘ladi. Shu yilning oktabr oyida O‘ratepa va Jizzax ruslar tomonidan egallanadi. Shunday qilib ruslar Samarqandga yaqin keladi.

    Rus armiyasining Samarqandga kirishi

    General-gubernator Fon Kaufman Buxoro amiriga Rossiya foydasiga tuzilgan yangi xaritani imzolashni taklif qildi. Ammo amir Muzaffariddin ushbu taklifni rad etishi ortidan 1868-yilning 30-aprel kuni 4 mingdan ortiq kishilik qo‘shin bilan Kaufman Samarqandni egallash uchun yo‘lga tushdi. 1-may kuni Zarafshon daryosi bo‘yidagi Cho‘pon ota tepaligi yoniga kelib to‘xtadi. Bu yerda ularni Buxoro amirligi qo‘shinlari kutib turar edi. Shu kuni ruslar hujum qilishni boshladi. Buxoroliklarning miltiqdan o‘q yog‘dirishiga qaramay, ruslar daryodan o‘tib, Buxoro qo‘shinining old qismini taslim qilib, tepalikka qarab chiqib keldi. Amirlik qo‘shinlari esa chekinishga majbur bo‘ldi.

    Ammo shahar ahli amir va uning qo‘shinlarini ichkariga kiritmasdan darvozalarni berkitib oldi. Jangda ruslar tomonidan 40 ta askar halok bo‘lgan, buxoroliklar safidagi yo‘qotishlar haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. O‘sha davr haqida ko‘pchilik ma’lumotlar rus tarixchilari asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Mahalliy tarixchilarning ma’lumotlari bizgacha yo yetib kelmagan, yo hali ham arxivlarda. Inqilobdan oldingi, inqilob paytidagi, jumladan, Buxoro va Xorazm mustaqil bo‘lgandan keyingi voqealar haqidagi ko‘plab arxiv hujjatlari sovet davrida mafkuraviy siyosat tufayli yo‘q qilib yuborilgan. Bu haqda o‘sha davrga oid izlanishlar olib borgan rossiyalik tarixchi Sergey Kuzmin Fergana News agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

    Kaufman boshchiligidagi qo‘shin 2-may kuni (eski kalendar bo‘yicha 14-may) Samarqand shahriga kirib bordi. Chor hukumati Samarqandda o‘ziga tobe bo‘lgan yangi davlat qurish istagida edi. Taxtga esa Kitob begi Jo‘rabek qaramog‘ida bo‘lgan amir Muzaffariddinning jiyani Said Abdullani o‘tkazishi kerak edi. Cho‘pon otadagi g‘alabadan keyin atrofdagi beklardan Kaufmanga sodiqlik va vafo haqida maktublar keladi hamda uni Samarqandga taklif qilishadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shu tariqa Kaufman Peterburgga yozgan maktubida Samarqandning jangsiz taslim bo‘lganini ma’lum qiladi (Saidqulov. T.S. 75-b). Shuningdek, shaharga kirganidan keyin shahar aholisiga mollari va jonlari omonlikda ekanini, masjidlarda ibodatlar davom etishi mumkinligini aytgan. Manbalarda xalqning Samarqand hokimi Sherali inoqdan noroziligi kuchli bo‘lgani tufayli ruslarni qutqaruvchi sifatida ko‘rgan bo‘lishlari mumkinligi aytiladi.

    Samarqand qo‘zg‘oloni

    Buxoro qo‘shinlarini ta’qib qilish uchun Kaufman bir qator guruhlarni yuboradi. O‘zi esa 30-may kuni shahardan chiqib, Buxoro qo‘shinlariga qarshi yurishga ketadi. Shahar to‘rtta piyoda rota, bitta sopyorlar rotasi mayor Shtempel boshchiligida qoldiriladi. Shahardagi oz sonli rus qo‘shinlarini ko‘rgan shahar diniy ulamolari xalqni jihodga chaqiradi. 1-iyun kuni tongda shahar ahli ruslarga qarshi bosh ko‘tardi. Tomlardan rus askarlari boshiga toshlar yog‘dirildi. Shahar devorlari yonida juda katta jamoa to‘plandi, ularning soni 65 ming nafarga yetardi.

    Kaufmanning shahardan chiqib ketganini eshitgan Shahrisabz beklari 40 ming kishilik xitoy-qipchoq, nayman, qoraqalpoqlardan iborat qo‘shin bilan Samarqandga qarab yo‘lga chiqdi. Zirabuloqda Kaufman va amir qo‘shinlari jang qilib turgan paytda Samarqand Shahrisabzning 40 ming kishilik qo‘shini tomonidan qamal qilinayotgan edi. Mayor Shtempel esa oz sonli odamlari bilan shahar arkiga joylashdi. U bilan birgalikda shaharning yahudiylari va rus savdogarlari, shuningdek, sayyoh va geograf, rassom, rus josusi Vasiliy Vereshchagin ham mudofaaga yordamlashdi (Vereshchagin V.V. Na voynax v Azii i Yevrope, 1898. 408-b.).

    2-iyun kuni askarlar shahar darvozalaridan kirib arkni o‘rab oldi. Hujum natijasida 20 nafar rus piyoda askari va ikki ofitser o‘ldirildi. Janglar 8-iyungacha davom etdi. Har qancha urinishmasin, shahar arki mustahkamligi uchun uni qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lmadi. 7-iyun kuni Kaufman shaharga yordamga kelayotganini aytib, xabar yo‘lladi. 8-iyun kuni esa yetib keldi. Bu paytda amirlik qo‘shinlari shaharni tark etib ulgurgan edi. Qolganlari esa arkdagilar tomonidan hujumga uchradi. Shaharga yetib kelgan Kaufman jazo tariqasida shaharning ramzi bo‘lgan bozorni yoqib yubordi. Yana qancha odamni o‘ldirgani haqida ma’lumotlar yetib kelmagan.

    Samarqandning vaqtinchalik okkupatsiya qilinishi

    1868-yil 23-iyun kuni 1866-yildan buyon davom etgan janglardan so‘ng Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida Kaufman va Buxoro elchisi Musabek tomonidan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga muvofiq, Rossiya qo‘shinlari tomonidan 1868-yilgacha egallangan Buxoro amirligi hududlari Jizzax, O‘ratepa, Xo‘jand shaharlari Rossiya imperiyasi tarkibida ekani tan olindi. Shuningdek, urush xarajatlarini qoplash uchun Buxoro amirligiga 125 ming tilla (500 ming rubl) miqdorida kontributsiya to‘lash majburiyati yuklandi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Kontributsiya kafolati sifatida Samarqand bekligi Kattaqo‘rg‘ongacha va u bilan birgalikda Rossiyaga vaqtinchalik berildi. Keyinchalik Samarqandni qaytarib olish mumkinligi belgilandi. Rus savdogarlari amirlik hududida erkin harakatlanish, savdo agentliklari ochish huquqini qo‘lga kiritdi. Rossiya tovarlariga 2,5 foiz miqdorida boj belgilandi. Ammo shartnoma 1873-yilgacha, ya’ni yangi shartnoma imzolangungacha imperator Aleksandr II tarafidan ratifikatsiya qilinmadi. 1868-yili ruslar tomonidan egallangan Buxoro amirligi hududlarida markazi Samarqand bo‘lgan Zarafshon okrugi tashkil etildi. Aslida, ruslarning Samarqandni qaytarib berish niyati yo‘q edi.

    Samarqandning egallanishi imperator tomonidan buyuk ish deb e’tirof etildi. Buxoro masalasi hali to‘liq hal etilmagani uchun ham imperator uni ratifikatsiya qilishga shoshilmadi (Saidqulov T.S. Samarkand vo vtoroy polovine XIX — nachale XX vekov, 1970, 256-b.). Shu bilan birga amir ham Miyonqol va Samarqanddek boy hududlardan ajralishni istamas edi. Shuning uchun Buxoro amiri 1869-yilning noyabr oyida amirning o‘g‘li Said Abdulfattoh, qaynisi Abdulqosim va munshiy Ahmad Donish boshchiligida elchi yuborib, Samarqand va Miyonqol vodiysini Buxoro amirligiga qaytarishni so‘raydi.

    Abramovning Zarafshonning yuqori oqimlarida razvedka ishlarini olib borgani markazga yetib borganda Samarqand Buxoroga qaytarilishi mumkinligini, shuningdek, aholi noroziligi chiqishining oldini olish uchun bu ishdan tiyilishga chaqiradi. 1868—1873-yillar davomida Samarqand ruslar tomonidan boshqarilgan bo‘lishiga qaramasdan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanishi uchun hech narsa qilinmagan. Faqatgina 1870-yildan boshlab shaharning g‘arbiy qismida Yevropacha Samarqand qurilishi boshlandi.

    1873-yil 28-sentabr kuni Buxoro amiri Muzaffariddin tomonidan Shahrisabzda va Kaufman tomonidan 17-oktabrda Toshkentda imzolangan shartnoma Samarqand va Zarafshon okrugini Rossiyaning ajralmas qismi deb e’tirof etdi va rasman Buxoro amirligi ham Rossiya imperiyasining protektorati deb e’lon qilindi. Ushbu shartnoma tarixda Shahrisabz bitimi deb nom qoldirdi. Shu tariqa Samarqand tarixida yangi davr boshlandi.

    Xulosa o‘rnida

    Samarqand o‘z tarixida uch muhim bosqichni bosib o‘tgan deyish mumkin. Mo‘g‘ullar bosqinigacha bo‘lgan qadimgi davr, Amir Temur va undan keyingi davr hamda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirganidan keyingi davr. Shahar bir necha bor buzilib qayta qurilgan. Asosiy katta qurilishlar temuriylar davrida amalga oshirilgan. Undan keyin ham Buxoro xonligi va amirligi davrida ko‘plab qurilish ishlari amalga oshirilgan.

    Rossiya tarkibiga qo‘shib olingandan keyin esa shaharning o‘rta asr arxitekturasi jiddiy yo‘qotishga uchradi. Ko‘plab saroylar, beklar saroylari, karvonsaroylar buzib tashlandi. Jumladan, Buxoro amirlarining taxt o‘tirish marosimlari o‘tkaziladigan Amir Temurning Ko‘ksaroy saroyi ham rus bosqinidan keyin buzib tashlangan. Ularning o‘rniga asosan rus uslubidagi binolar qad rostlagan. Bir qancha nasroniy cherkovlari ham shu davrda qurilgan. Shahardagi hozirda Universitet xiyoboni deb nomlanadigan xiyobon shaharning eski va yangi qismini ajratib turgan.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    04.05.2020, 21:07   Izoh (0)   55579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Buxoroda IIB xodimi daryoga cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

    04.05.2020, 19:51

    Toshkent shahrida 23 nafar bemor COVID-19’dan tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1364 nafarga yetdi

    04.05.2020, 19:07

    Karantindan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining tiklanishiga qancha vaqt ketishi mumkinligi ma’lum qilindi

    04.05.2020, 18:53

    Shavkat Mirziyoyev va So‘ronboy Jeenbekov koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik va Sardobadagi favqulodda vaziyatni muhokama qildi

    04.05.2020, 18:12

    Sardobadagi falokatda Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi. Yana biri bedarak yo‘qolgan

    04.05.2020, 17:46

    Bosh prokuraturada Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus shtab ish boshladi

    04.05.2020, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26

    O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.