• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karantindan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining tiklanishiga qancha vaqt ketishi mumkinligi ma’lum qilindi

    Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy zararning hajmi va iqtisodiy tiklanish tezligi virusli infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarning samaradorligi va pandemiya (epidemiya)ning to‘liq yo‘q qilinish muddatiga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankining 2020-yil birinchi choragi uchun e’lon qilingan pul-kredit siyosati sharhida ma’lum qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Markaziy bankning sharhida ma’lum qilinishicha, 1918—1919-yillarda AQShning ko‘p shtatlarida “ispan grippi” pandemiyasi va 2003-yilda Osiyoda SARS epidemiyasi davridagi qat’iy karantin choralari, ular qisqa muddatli iqtisodiy pasayishga olib kelgan bo‘lsa ham, pandemiyani tezda bartaraf etishga va iqtisodiy faollikning tez tiklanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilgan.

    Shu bilan birga, ba’zi Yevropa mamlakatlarida va AQShning bir qator shtatlarida “ispan grippi” pandemiyasiga qarshi qat’iy choralarni ko‘rmaslik virusning tarqalishi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozning cho‘zilishiga va natijada kengroq hajmdagi iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi.

    Xalqaro tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, karantin davri tugaganidan so‘ng iqtisodiyot, shu jumladan, karantin cheklovlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga pandemiyaga qadar bo‘lgan darajasiga qaytishi uchun o‘rtacha 3-12 oy kerak bo‘ladi.

    Xususan, elektrotexnika va yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, qurilish ishlari, moliyaviy va tibbiy xizmatlar sohalarida iqtisodiy faollikning tezroq tiklanishi kuzatilgan bo‘lib, o‘rtacha tiklanish davri 2-3 oyni tashkil qilgan.

    Ta’kidlanishicha, quyidagi sohalarda iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanadi:

    • turizm sohasida 5-10 oy (Meksikada 2013-yilda H1N1 pandemiyasi — 5 oy, Janubiy Koreyada MERS epidemiyasi — 6 oy, 2003-yilda Gonkong va Xitoyda SARS epidemiyasi — mos ravishda 5 oy va 10 oy);
    • xizmatlar va chakana savdoda 4 oy;
    • yo‘lovchi tashishda 3-7 oy, shu jumladan, havo transporti — 5 oy (2003-yilda Osiyo mamlakatlarida SARS epidemiyasi).
    Ushbu tarmoqlarda iqtisodiy faollikning nisbatan sekin tiklanishi karantin cheklovlarining nisbatan kech olib tashlanishi va aholining pandemiyadan keyingi holatlarga moslashishi uchun ma’lum bir vaqt talab qilinishi bilan bog‘liq.

    Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, pandemiya (epidemiya)ning salbiy oqibatlarini minimallashtirish va iqtisodiy faollikning tezroq tiklanishini ta’minlashning asosiy omillaridan biri bu virus tarqalishiga qarshi o‘z vaqtida va qat’iy karantin choralarini qo‘llash orqali pandemiya (epidemiya)ni imkon qadar tezroq bartaraf etish hisoblanadi.

    Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2-5,5 foizdan 1,5-2,5 foizgacha pasayishini kutayotgani haqida xabar berilgan edi.

    Markaziy bankning qayd etishicha, Inqirozga qarshi jamg‘armaning shakllantirilishi va unga xalqaro moliya institutlari mablag‘larining ham jalb qilinishi, shuningdek, karantin davrida daromadlarini yo‘qotgan aholiga yordam berish uchun maxsus jamg‘armalarga mablag‘lar yig‘ilishi kabi choralar pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaziy bankning muqobil ssenariysi bo‘yicha ketmoqda

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etilgan edi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilingan.

    04.05.2020, 18:53   Izoh (0)   101880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va So‘ronboy Jeenbekov koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik va Sardobadagi favqulodda vaziyatni muhokama qildi

    04.05.2020, 18:12

    Sardobadagi falokatda Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi. Yana biri bedarak yo‘qolgan

    04.05.2020, 17:46

    Bosh prokuraturada Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus shtab ish boshladi

    04.05.2020, 17:44

    FVV: Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan

    04.05.2020, 17:14

    Toshkentda karatin muddati 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlar rad etildi

    04.05.2020, 16:59

    Markaziy bank yaqin vaqtlarda dollar kursida qanday o‘zgarishlar kutilayotganini ma’lum qildi

    04.05.2020, 16:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirishga oid qonunni maʼqulladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:30

    “Hukumat moliyaviy sektorda asosiy rol o‘ynayotgani yomon”. XVJ O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini tahlil qildi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 19:20

    Quyosh, dengiz va erkinlik: sayohat qilishni orzu qiluvchilar uchun ajoyib filmlar

    Kino | 25 iyun, 19:10

    Andijonda 2,5 gektar yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:01

    Qora kiyimda kelish tavsiya etiladi: hayvonot bog‘ining o‘ziga xos sirlari

    Layfstayl | 25 iyun, 18:50

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    “Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlar yo‘q” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 25 iyun, 18:45

    Nima uchun chamadon kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin?

    Layfstayl | 25 iyun, 18:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.