• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Xalq demokratik partiyasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha xulosasini e’lon qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan tarixiy islohotlar hamda tashqi siyosatdagi ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi natijasida oxirgi uch yilda jahon hamjamiyatda mamlakatning obro‘si ko‘tarilib bormoqda. Mazkur holat yurtimiz barqaror rivojlanishi, fuqarolarimizning farovon yashashi uchun muhim ahamiyatga ega.

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish – xalqimizning, har bir fuqaroning manfaatlariga bevosita ta’sir etuvchi juda jiddiy masala. Shu bilan birga, YEOII bilan kelgusida hamkorlik natijasini baholash, prognoz qilish nihoyatda murakkab va qiyin jarayondir.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ushbu jiddiy masalada o‘zining tor ma’nodagi elektoral manfaatlaridan voz kechib, birinchi navbatda davlatimiz, xalqimiz va millatimizning umumiy manfaatlaridan kelib chiqish hamda barcha fuqarolarning xohish-irodasiga tayanish lozim, deb hisoblaydi.

    Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi YEOII bilan hamkorlik qilish yuzasidan quyidagilarni ta’kidlaydi.

    Birinchidan, YEOII bilan hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun mehnat migratsiyasidagi mavjud muammolarni hal etishda yaxshi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Ayniqsa, ushbu tashkilotga kiruvchi mamlakatlarda ishlab yurgan millionlab O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Jumladan, YEOIIga kiruvchi mamlakatlarda ishlab yurgan barcha fuqarolarimizga erkin (legal) ishlashga va ishlab topilgan pul o‘tkazilmalari hajmini oshirishga imkon beradi.

    Shuningdek, fuqarolarimizning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi, jumladan, pensiya tayinlashda mehnat staji inobatga olinadi, ularning farzandlari ta’lim, tibbiy xizmat olish huquqiga ega bo‘ladi.

    Ikkinchidan, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish strategik vazifa etib belgilangan. Buning uchun salohiyatli va barqaror iste’mol bozori zarur bo‘ladi.

    Ta’kidlash lozimki, YEOII bilan hamkorlik qilish transport xarajatlarini kamaytirish, tarifsiz to‘siqlarni optimallashtirish, to‘qimachilik va trikotaj sanoatining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarimiz eksportini amalga oshirishda biz uchun ittifoqqa a’zo mamlakatlar salohiyatli iste’mol bozori bo‘lishi mumkin.

    Uchinchidan, tahlillar ko‘rsatmoqdaki, temir yo‘l tashuvlarida eksport-import hajmining o‘sishi 10-15 foizga baholanmoqda. Tovarlar tranzitida yagona tariflardan foydalanilishi natijasida yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarning transport xarajatlari sezilarli darajada kamayishi kutiladi.

    Bu eksport va import qilinadigan mahsulotlarning yakuniy qiymatida transport xarajatlari ulushi kamayishiga va pirovard natijada mahsulotlarning tannarxi pasayishiga asos bo‘ladi.

    Shu bilan bir qatorda, YEOII bilan hamkorlik qilishdan salbiy holatlar kelib chiqishi mumkin.

    Jumladan, Tashkilotga kirish ichki bozorning ochiq bo‘lishiga olib keladi, ya’ni mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz ­boshqa mamlakatlarda tayyorlangan mahsulotlar sifati bilan raqobat qila olishi kerak bo‘ladi.

    Uzoq yillar davomida proteksionizm siyosati orqali qo‘llab-quvvatlab kelingan sanoat korxonalarimizning faoliyati to‘xtab qolishi xavfi mavjud. Raqobatga tayyor bo‘lmagan tarmoqlar va korxonalarimizni to‘xtab qolishi hisobiga katta zarar ko‘rilishi hamda ishsizlar soni oshib ketishi ehtimoli ortadi. Misol uchun, birgina raqobatga tayyor bo‘lmagan ko‘mir ishlab chiqarish sohasini oladigan bo‘lsak, YEOII bilan hamkorlik qilish natijasida 4 ming ish o‘rni qisqarishi mumkin.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi YEOII bilan hamkorlik qilish masalasiga oid bugungi tahlillar, turli prognozlar amalda o‘zini oqlamasligi mumkin, deb hisoblaydi.

    Xalqimizning, davlatimizning manfaatlariga bevosita ta’sir etuvchi bunday dolzarb masala yuzasidan qaror qabul qilishda aslo tavakkalchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

    Demak, YEOIIga a’zo bo‘lishi yoki bo‘lmasligi masalasida barcha ehtimoliy omillarni kuzatib, chuqur tahlil qilib borish lozim.

    Buning uchun muammolarni bevosita tashkilotning ichida turib, kuzatib o‘rganish zarur. So‘ngra o‘rganish va kuzatishlar natijalaridan kelib chiqib, kelgusida tegishli qaror qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

    Yuqorida keltirilgan barcha omillarni hisobga olib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

    Ulug‘bek Inoyatov,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

    Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

    Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    28.04.2020, 18:00   Izoh (0)   63838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Asl Baraka brendi o‘z ishiga mehr qo‘ygan insonlarga bag‘ishlangan “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — Stomatologiya talabasi Safarova Kamola haqida

    27.04.2020, 18:00

    Aktam Hayitov: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi (video)

    25.04.2020, 18:00

    Lukoyl kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi faoliyati

    25.04.2020, 15:00

    O‘zimizni COVID-19 pandemiyasining oqibatlaridan qanday himoya qilishimiz kerak?

    24.04.2020, 09:00

    Huawei Cloud platformasi O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashishda yordam beradi

    23.04.2020, 15:04

    Teplovizor va infraqizil nurli termometrlar – COVID-19 profilaktikasida ish beruvchi choralar

    23.04.2020, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.