• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Asl Baraka brendi o‘z ishiga mehr qo‘ygan insonlarga bag‘ishlangan “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — Stomatologiya talabasi Safarova Kamola haqida so‘zlaydi

     

    Safarova Kamola 22 yoshda, Toshkent davlat stomatologiya institutining 3-kurs talabasi.

    Hozirda Kamola Xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markazning call-markazida tibbiyot sohasidagi ko‘ngillilarning koordinatori sifatida faoliyat olib bormoqda.

    –“Biz ilgari aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, maktab-internatlardagi bolalar bilan ishlash bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirganmiz. Bu safar bizni jamoamiz bilan call-markazning operatori sifatida odamlarga yordam berishga taklif qilishdi. Hozir bu yerda asosan farmakologiya kurslaridan o‘tgan tibbiyot talabalari ishlashmoqda, chunki hech bo‘lmaganda odamlar dori vositalarini so‘raganlarida dorilarning nomini tushunish va tezroq yozib olish ular uchun boshqalarga qaraganda osonroq. Bundan tashqari, operatorlar psixologiya va psixiatriya kurslaridan o‘tishmoqda. Albatta, biz professional emasmiz, lekin ancha-muncha ko‘nikmalar orttirdik”.

    Ko‘pchilik odamlar qo‘ng‘iroqlarga javob berib o‘tirish mutlaqo qiyin emas, deb o‘ylashadi. Aytingchi, bu ishda siz qanday qiyinchiliklarga duch kelyapsiz?

    “Aslida, bu qiyin ish emas, ammo juda xilma-xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Ba’zi odamlar g‘azablanadi, baqiradi, yig‘laydi va hatto uyat so‘zlarni ishlatganlari ham bo‘ladi. Yoki, masalan, bir buvijon qo‘ng‘iroq qilib, yeyishga hech nimasi yo‘qligini aytadi, keyin esa bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxat bo‘yicha talab qilishni boshlaydi: mol go‘shti, tovuq go‘shti, qo‘y go‘shti, margarin va sariyog‘, uchinchisi esa, televizor yoki sovutgich talab qiladi va yana kimdir shunchaki o‘z ma’lumotlarini aniq qilib aytib bera olmaydi. Menimcha, ba’zi odamlar haligacha hozirgi vaziyatning qay darajada qiyin ekanligini to‘liq tushunib yetmadilar. Davlat imkon qadar yordam berishga harakat qilmoqda. Biz – hozirda qiyin ahvolda bo‘lgan odamlardan murojaatlarni qabul qilib olish markazimiz. Biz kuniga 300 000 ga yaqin qo‘ng‘iroqlarni qabul qilamiz va bu shunchaki gap emas, balki haqiqiy statistik ko‘rsatgich.

    Hech narsaga muhtoj bo‘lmagan odamlar shunchaki o‘ynab qo‘ng‘iroq qilishayotgan holatlar ham bo‘lmoqda, ular tufayli haqiqatdan ham yordamga muhtoj insonlar bizga bog‘lana olishmayapti, bu juda xunuk holat. Ammo biz hech narsaga qaramay, o‘z ishimizda davom ettiryapmiz. Koordinator sifatida men har doim o‘z operatorlarim bilan yaxshi muomalada bo‘laman va biz har xil suhbatlarni o‘tkazamiz. Avvaliga biroz qiyinroq bo‘ldi, biz uyga borgach hech uxlay olmadik, chunki quloqlarimiz ostida o‘sha qo‘ng‘iroqlar, suhbatlar, boshqalarning hikoyalari, iltimoslar jaranglab turar edi, hattoki ba’zida hozir ham shunday holatlar bo‘lib turadi. Lekin hozirda anchagina osonroq, chunki biz hamma narsani qabul qilishga va hech narsani yuragimizga yaqin olmaslikka o‘rganyapmiz. Biz bilan hatto psixologlar ish olib borishmoqda”.

    Nima sizni har kuni ertalab ishga borishga undaydi? Bu ishda sizga ko‘proq nima yoqadi?

    “Menga shunchaki “rahmat” deydigan odamlar turtki beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda, salbiy sharhlar ham bor, ammo biz ko‘proq ijobiy fikrlarni va minnatdorchilik so‘zlarini o‘qishga harakat qilamiz. Bizga qayta qo‘ng‘iroq qilib minnatdorchilik bildirayotganlar yoki arizani rasmiylashtirish jarayonida bizni duo qilayotganlar ham bor va bilasizmi, bu juda yoqimli. Bu bizni odamlarga kerakligimizni his qilishimizga yordam beradi va bizga juda katta turtki beradi. Uni ustiga, men har kuni markazda bo‘lishim kerak, chunki u yerda mening jamoam bor va men ularga kerakman. Mana shu ham menga juda katta turtki beradi. Hatto oxirgi paytlarda men qo‘ng‘iroqlardan ham ijobiy quvvat ola boshladim. Tarmoqning narigi uchidagi insonni tinchlantirish, kayfiyatini ko‘tarish menga ko‘proq huzur beradi. Hozirgi vaqtda mamlakat rivojiga o‘z hissamni qo‘shayotganimni, davlatga va shu bilan birga odamlarga yordam berayotganimni tushunish bo‘lajak tibbiyot xodimi sifatida men uchun juda muhim”.

    Telefonda o‘zingiz eshitgan biror qiziqarli yoki ta’sirli voqeani so‘zlab bersangiz. U nimasi bilan sizda taassurot qoldirdi?

    “Aslida bunday holatlar juda ko‘p bo‘lib turadi. Bir safar, sakson olti yoshli buvijon qo‘ng‘iroq qilib, karantin boshlanganda uyida non va yana boshqa bir mahsulotlar bo‘lganini aytdi. U nonni suxari qilganini, lekin ular allaqachon tugaganini va faqat 3 ta lavlagi qolganini, shuning uchun u kuniga faqat bittadan lavlagi iste’mol qilishiga to‘g‘ri kelayotganini aytdi. Albatta, biz unga yordam berdik. Ertasi kuni u minnatdorchilik bildirib qo‘ng‘iroq qildi va rosa yig‘ladi. Tan olishim kerak, o‘sha paytda yuragim ezilib ketdi. Juda ko‘p otaxonlar, buvijonlar va urush faxriylari murojaat qilishadi, ular ko‘pincha: –“Biz bitta ocharchilikni yengib o‘tganmiz va buni ham yengib o‘tamiz”, – deyishadi. Bu so‘zlar menga juda qattiq ta’sir qildi, chunki ulardan oldin ham, keyin ham juda ko‘p odamlar qo‘ng‘iroq qilishgan, ammo ularning ba’zilari shunchaki o‘zlarida atigi 2-3 kunlik oziq-ovqat mahsulotlari qolganligini va ularga go‘sht kerakligini aytib baqirishadi, ba’zilari esa, haqiqatan ham hayotiy muhim narsani so‘rashadi”.

    Kamolaning aytishicha, odamlar psixolog yordami uchun ham murojaat qilishadi. Bunday holatlar uchun psixologlarda 1197 raqami bo‘yicha alohida tarmoq bor.

    Call-markazda yordam berish uchun chaqirilganingizga yaqinlaringiz va oilangiz qanday munosabatda bo‘lishdi?

    “Avvaliga oilam shokka tushib qoldi, ular men uchun qattiq xavotirlana boshlashdi. Ayniqsa, men endigina qaror qabul qilgan paytimda, mening opam va jiyanlarim biz bilan birga yashayotgan edilar, shuningdek, onam ham nafaqa yoshida va u xavf ostidagi yosh guruhiga mansub. Albatta, men ular uchun xavotirlanib qo‘rqardim. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi minnatdorchilik fikrlarini ko‘rib, onam har kuni ertalab meni duo qilib va mening odamlarga juda kerakligimni aytib ishga jo‘natadi. “Olloh seni sog‘-salomat o‘z panohida asrasin”,– deya duo qilib meni kuzatadi.

    Aytingchi, agar vaqtni orqaga qaytarishni imkoni bo‘lganida, siz voqealar yo‘nalishini o‘zgartirib, boshqa kasbni tanlashni xohlagan bo‘larmidingiz? Call-markazda yordam berish borasida aynan shu savolga qanday javob berasiz?

    “Agar vaqtni ortga qaytarish imkoni bo‘lganida ham, men hech qachon boshqa kasbni tanlamagan bo‘lardim, men o‘z kasbimni juda yaxshi ko‘raman. Men to‘g‘ri tanlov qilganman deb hisoblayman. Kol-markaz masalasiga kelsak, men hech qachon hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lar edim: men yana o‘sha yerda o‘tirardim, xuddi shu jamoani to‘plagan bo‘lardim. Men odamlarga kerakman va buni aniq bilaman”.

    Reklama huquqi asosida.

    27.04.2020, 18:00   Izoh (0)   42833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktam Hayitov: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi (video)

    25.04.2020, 18:00

    Lukoyl kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi faoliyati

    25.04.2020, 15:00

    O‘zimizni COVID-19 pandemiyasining oqibatlaridan qanday himoya qilishimiz kerak?

    24.04.2020, 09:00

    Huawei Cloud platformasi O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashishda yordam beradi

    23.04.2020, 15:04

    Teplovizor va infraqizil nurli termometrlar – COVID-19 profilaktikasida ish beruvchi choralar

    23.04.2020, 12:00

    Samsung televizorlari uydan chiqmagan holda ishlash, dam olish va o‘qishga yordam beradi

    22.04.2020, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.