Karantin sababli homilador ayollarni qabul qilmayotgan Respublika perinatal markazi may oyida ochilishi mumkin. Bu haqda 27-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov aytib o‘tdi.
Brifingda fuqarolardan karantin tufayli yopilgan Respublika perinatal markaziga (RPM) borishi kerak bo‘lgan ayollar qayerga murojaat qilishlari mumkinligi haqida savol kelib tushdi. Savolga Habibulla Oqilov javob berar ekan, haqiqatan ham hozirgi paytda RPM karantinga yopilgani va homilador ayollarni qabul qilmayotganini aytdi.
“Lekin may oyida RPM ochilishi ham mumkin. Agar bu markazda karantin davom etadigan bo‘lsa, homilador ayollar shahar perinatal markaziga yoki turar joyiga qarashli tug‘ruq kompleksiga hech qanday muammosiz murojaat qilishi mumkin”, — dedi u.
Izoh (0)