• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mavhumlik qurboniga aylanayotgan dunyo va pandemiyadan keyingi AQSh. Tramp qachongacha shifokorlar noroziligiga sabab bo‘ladi? Jahon matbuoti koronavirus haqida

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining koronavirusga bag‘ishlangan navbatdagi sonini diqqatingizga havola etadi.

    Pandemiya sharoitidagi dunyo inqirozi uchun “shifo” bormi?

    Dunyo kelajagi raqobatni mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoni qurolga aylantirmasligi kerak, aksincha, bu o‘zaro rivojlanish uchun, manfaatli hamkorlik uchun vositaga aylanishi lozim, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    COVID-19 sabab dunyo hamjamiyati mavhumlik qurboniga aylandi. Mavhumlik (virusga qachon shifo topilishi) dunyo hamjamiyatlari iqtisodiyotiga kundan kunga ulkan ziyon keltirmoqda. Dunyo aholisining yarmi karantinda qolar ekan, boy davlatlar ham, qashshoq mamlakatlar ham birdek iqtisodiy resessiya girdobida qolmoqda. Iqtisodiy resessiyaning oldini olish uchun esa barcha mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi o‘ta muhim.

    Xitoy misolida olib qaralganda, nega xalqaro hamjamiyatlar inoqlik bilan, ahillikda inqirozni salbiy ta’sirlarini yumshatishga harakat qilishi kerakligi sabablari yanada oydinlashadi. Xubey viloyatida bir necha oy davomida davom etgan karantin holati natijasida o‘rnatilgan qat’iy tartib odamlarning harakatlanishiga cheklov o‘rnatdi va Xitoy sanoatini yanvar va fevral oylarida 40 foizga tushib ketishiga olib keldi.

    Mart oyida Xitoydagi zavodlar o‘z faoliyatini qayta tiklayotgan bo‘lsada, aksar holatlarda zavodlar olgan buyurtmalar bekor qilinmoqda. Bahona esa buyurtmalarni kechroqqa surish yoki buyurtma to‘lovlarini kechiktirish bo‘lmoqda. Chunki xitoylik tadbirkorlarning xorijlik buyurtmachilari ham pandemiya natijasida moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazmoqda.

    Xitoy aholisi koronavirusdan sog‘ayayotgan bo‘lsa-da, iqtisodiyotning pandemiyadan avvalgi holatga qaytishi oqsamoqda. Globalizatsiya davrida barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti o‘zaro bog‘langan ekan, barcha mamlakatlar birdek koronavirus keltirgan iqtisodiy qiyinchiliklarni his qiladi.

    Xalqaro ishlab chiqarish zanjirlarida ham shunday vaziyat. Pandemiya boshlangunga qadar dunyo ishlab chiqarish zanjirlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushlaridan ancha zarar ko‘rdi. Bugun esa ular ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi, transport kommunikatsiya sohalaridagi uzilishlar, mahsulotlarga xalqaro talabning kamayganidan aziyat chekmoqda. Xalqaro savdo tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil dunyo iqtisodiyoti 32 foizga qisqaradi. Ishsizlik soni keskin ortadi. Birgina AQSh misolida olib ko‘rilganda, mamlakatda ishsizlik natijasida moddiy yordam so‘rab murojaat qilganlar soni 22 millionni tashkil qilib turibdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunday bir vaziyatda dunyo ahli globalizatsiya jamiyatda qanchalik ildiz otganini anglash vaqti keldi. Mamlakatlar pandemiya bilan yolg‘iz kurasha olmadi va shuning uchun ham milliy “ustunlik”ni ilgari surayotgan siyosatchilar o‘z siyosatlaridan chekinishi va dunyoviy resessiya hamda gumanitar inqirozni salbiy oqibatlarini yumshatishga yanada birlashishi maqsadga muvofiq.

    Hamjihatlik, birdamlik pandemiya muammosini yengishning eng muhim jihati. Milliy hukumatlar o‘z  aholisiga yordam berish maqsadida yakdil qaror asosida hamkorlik qilishlari asosiy jihat. Dastlabki qadam esa proteksionizmga asoslangan bojlar va savdo cheklovlarini bekor qilish. Bunda tibbiy dori-darmonlar, oziq-ovqatlar qayerda eng ko‘p zarur bo‘lsa, o‘sha mamlakatga eng avvalo yetkazib berish kerak.

    Birdamlik esa ishchi o‘rinlarini, daromadlarni va tirikchilik manbalarini himoya qilish. Bu orqali kichik va o‘rta tadbirkorlik muhofaza qilinadi. Bu haqida hattoki Xalqaro savdo palatasining ham tavsiyalari mavjud. Yirik iqtisodiyotli mamlakatlarda asosiy ishchi o‘rinlarni aynan kichik va o‘rta biznes yaratadi. Bunday tadbirkorlik subyektlari insonlar kundalik ehtiyoji uchun ishlatadigan aksar mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan band. Shunday ekan, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining biznesini himoya qilish o‘ta muhim.

    Xalqaro hamjamiyatning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini hisobga olgan holda multilateral – ko‘p tomonlama aloqalarning yangi jihatlarini yuzaga keltirishga harakat qilish lozim. Eng avvalo, xalqaro savdoning shaffofligi va barqarorligini ta’minlash joiz, bu esa barchaga birdek iqtisodiy o‘sish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir jamiyat a’zosiga jahon tizimida tinchlik va barqarorlik tamoyili asosiga qurilgan xalqaro savdoga yo‘l ochish lozim.

    Bunday tizimni yaratish uchun bojlarni bekor qilish, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashgina kifoya qilmaydi. Shunday ekan, dunyo davlatlari kelajakdagi savdoni yaxshilashdan barcha birdek yutishini yoki tizim isloh qilinmasa, barcha birdek yutqazishini anglab yetishi muhim. Multilateral (ko‘p tomonlama aloqalar) va ochiq savdo imkon qilinsa, bahamjihat ish ko‘rilsa, maqsadga eltuvchi siyosat bo‘ladi, deb yakunlaydi The Project Syndicate nashri.

    AQShning kelajakda dunyo oldidagi vazifasi nimadan iborat bo‘lishi lozim?

    Konservativ fikrlarga egab bo‘lgan amerikalik olim Patrik Byukenen pandemiyadan so‘ng dunyoning eng kuchli iqtisodiyotiga egab bo‘lgan AQShning vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi kerakligi haqida fikrlar bilan bo‘lishdi, deb yozadi The American Conservative nashri.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    Pandemiyadan so‘ng virus keltirib chiqargan inqiroz natijasida AQSh o‘zining boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish siyosatini saqlab qola oladimi yoki yo‘q, ikkinchi raqamli buyuk bo‘xrondan AQSh chiqib keta oladimi va Amerika jamiyatining pandemiyadan so‘nggi komillik haqidagi g‘oyalarida qanday o‘zgarish bo‘ladi kabi savollarga javob izlandi.

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng amerikaliklar o‘z vatanlariga qaytishni istab qoldi va milliy davlatchilik qurish borasidagi rejalarni Amerika hukumati biroz kechiktirishiga to‘g‘ri keldi-yu, Elba daryosidan Barens dengizigacha yastanib yotgan Stalin rejimiga javob qilishni e’tiborga olmadi. Ammo oradan 40 yil o‘tib AQSh o‘z maqsadga yeta oldi. AQSh g‘alabadan nimalarga erisha oldi kabi savolning javobi esa yanada qiziq!

    AQSh NATOning chegaralarini Boltiq va Qora dengizgacha kengaytirib, Rossiyadek raqibni o‘ziga gijgijlab oldi. Bundan tashqari hukumat  Yaqin sharqda muvaffaqiyatsizlik bilan tugayotgan minglab amerikaliklarning qonini to‘kkan va qimmatga tushgan “demokratiya uchun salib yurishlariga” kirishib ketdi. AQSh Xitoyga o‘z sanoatining kuchlik pishanglarini sarmoya sifatida yotqizdi va natijada, Xitoy qo‘ygan tuzoqqa mahkum bo‘ldi.

    Tarixdan ma’lumki, yirik davlatlarning xatolari o‘zlari uchun nihoyatda qimmatga tushgan yoxud ularning halokati bilan tugagan. COVID-19 pandemiyasi boshlangunga qadar aksar amerikaliklar AQShning intervensionist siyosati amerikaliklar uchun yaxshilik bilan tugamasligini tushunib qoldi va bunday siyosatni “mantiqsiz, aqlsiz” deya baholab, voz kechish kerakligi haqida shivir-shivir qila boshlagan edi.

    Ammo Tramp prezidentligi davrida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkich o‘sib borayotgani manzarasida tashqi siyosat oqsab, ishsizlik darajasi o‘ta past natijani ko‘rsatib, bozordagi o‘sish 1920-yillar darajasidan yuqori bo‘lgan natijani ko‘rsatayotgan vaziyatda pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqirozni AQShning intervensionist siyosatidagi mag‘lubiyatlari bilan bog‘lash qanchalik o‘zini oqlaydi, bu albatta ko‘p savollarni o‘rtaga tashlaydi.

    Noyabr oyidagi saylovlarda g‘alabasini kutayotgan demokratlar amerikaliklarga milliy tibbiy sug‘urta, uglerod soliqlari, yangi yashil kurs siyosatini, ochiq chegaralar, umumiy avf, reparatsiyalar va ijtimoiy hamda iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish uchun boyliklarni teng taqsimlash siyosatini targ‘ib qilmoqda. Bunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun esa AQSh hukumatiga trillionlab dollar kerak bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Demokratlar mudofaa tizimi mablag‘lariga zaxiradagi mablag‘ sifatida qarar va yangi progressiv davr uchun moliyalashtirishni aynan mudofaa tizimidan olish imkoniyati sifatida talqin qilarda. Respublikachilar noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ular keyingi siyosiy hayot uchun yangi “istiqbolli yo‘llanmani” qo‘lga kiritadi.

    Ayrim respublikachilar nazarida bugungi davrning sovuq urushi nishoni sifatida Xitoyni mo‘ljalga olgan. Vashingtonda hattoki rasmiy Pekin sotib olgan AQSh obligatsiyalarining to‘lovlaridan voz kechish va Xitoyni koronavirusning dunyoga tarqalib ketishini oldini omagani uchun tovon to‘lashga majbur qilishdek fikrlar ham urchigan.

    Ammo amerikalik siyosatchilar AQSh davlat qarzlarini to‘lashdan bosh tortishi va mustaqil davlatlarga sobiq xatolari uchun xalqaro sudga murojaat qilishdan oldin vaziyat borasida yetti o‘lchab bir kesishi ham muhim. Ehtimol AQSh siyosatidan zarar ko‘rgan boshqa davlatlar ham o‘tmishda yetkazilgan zararlar borasida qarshi da’vo qilib qolishi mumkin. Iroq, misol uchun, o‘z hududida izi topilmagan ommaviy qirg‘in quroli urush oqibatida rasmiy Vashingtonga xalqaro sudga da’vo kiritishga to‘laqonli haqli.

    Liberallar esa jon jahdi bilan iqlim o‘zgarishlari borasida AQSh hukumati biror-bir siyosat yurgizishi uchun harakat qilmoqda. Pandemiyadan so‘ng AQShda bu borada mutlaqo kutilmagan vaziyat ham yuzaga kelishi mumkin. Amaldagi xalqaro shartnomalardan kelib chiladigan bo‘lsa, AQSh Yevropa va Osiyodagi o‘nlab mamlakatlar oldidagi majburiyatlarini bajarishiga to‘g‘ri keladi va iqtisodiyotning zaiflashuvi kuzatilayotgan pandemiya sharoitida AQSh budjeti yiliga uch trillion dollar defisitni tashkil qilmoqda.

    Agarda noyabrdagi saylovlarda Tramp g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, shubhasiz AQSh chegaralariga qulf osiladi, Amerika Yaqin sharqdan chekina boshlaydi, biznes mamlakatga qayta boshlaydi, AQSh xalqaro tashkilotlar oldidagi mas’uliyatidan bosh tortadi va “Birinchi navbatda Amerika manfaatlari” asosiy shiori yana mustahkamlanadi. Trampning ikkinchi muddatga saylanishi AQSh o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishini anglatadi.

    Donald Trampning koronavirusga qarshi kurashdagi “minskcha” maslahatlari

    23-aprel sanasida prezident Tramp Oq uydagi matbuot konferensiyasida koronavirusga qarshi kurashda o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning maslahatlari esa AQSh tibbiyot xodimlari tarafidan keskin norozilikka sabab bo‘ldi, deb yozadi NBC News nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tramp koronavirusga qarshi kurashda ko‘proq antiseptiklardan foydalanishga chaqirdi, ammo amerikalik tibbiyot xodimlari bundan larzaga tushdi va prezident tarafiga ko‘plab tanqidlarni yog‘dirdi. Tibbiyot xodimlari nazarida Trampning tavsiyalariga amal qilish bu insonning o‘lim bilan shartnoma tuzishidir. Shuningdek, ular amerikaliklarga Tramp tavsiyalariga quloq solmaslikni uqtirdi va prezidentning bu tavsiyalarini o‘ta mas’uliyatsizlik deb qoralashdi.

    Prezident Tramp ma’muriyatining bir amaldori prezidentga xlor koronavirusni o‘ldrishi mumkinligi haqida ma’lumot bergach, Tramp xlor moddasining samarasi haqida so‘z ochishga qaror qildi, ammo bu o‘lim bilan barobar holat deb izohladi amerikalik shifokorlar.

    Tramp fikricha, dezinfeksiyalovchi  modda bir daqiqa ichida virusni halok qilishi, bunday moddani albatta tomirdan yuborilgandagi natijasi qanday bo‘lishi haqida hamda u moddaning o‘pkaga ta’siri haqida gapirdi. Oq uydagi brifing yakunida esa, albatta, muolaja qilayotgan shifokor tavsiyalari ham muhimligini ta’kidladi.

    Vrachlar nazarida esa virusni zararsizlantiradigan vositalar zaharli va hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, xlor, agarda undan notog‘ri foydalaniladigan bo‘lsa. Aynan shunday fikrni NBC News axborot nashriga bergan intervyusida pulmonologik doktor Vin Guta e’tirof etdi.

    Oziq-ovqatlar va tibbiy dori-darmonlar sanitariyasi boshqarmasi ekspertlari fikricha, dezinfeksiya qiluvchi vositalarni ichga qabul qilish halokatli yakunga olib kelishi sabab tatbiq qilib bo‘lmaydi. Ular fikricha, bu soxta fanshunoslik bo‘lib, ko‘p yillar mobaynida autizm va OITS kasalligini da’volashga yordam berishi haqida isbot topmagan gap-so‘zlarni keltirib chiqarishga olib kelgan.

    Vin Gupta aytishicha, xlor va izopropil spirtini kam miqdorda ichga yuborish ham o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Boshqa shifokor olimlar esa Trampning “aqlliligidan” dahshatga tushgan. Shifokor Kashif Mahmud o‘zining Twitter’dagi sahifasida “Shifokor sifatida zararsizlantiruvchi vositalarni va ultrabinafshalarni ichga yuborish COVID-19’dan himoya sifatida foydalanishni maslahat bermagan bo‘lar edi. Trampning tibbiy maslahatlariga quloq solmanglar”, deb yozgan.

    https://twitter.com/kashmood/status/1253464185930997760

    Oq uydan kelayotgan bunday ahmoqona maslahatlar shifokorlarning hafsalasini pir qilmoqda. Bundan avval gidroksoxlorin COVID-19’ni samarali muolaja qilayotgani borasida fikrlar tarqalganida, Tramp mazkur preparatni faol tarzda qo‘llashga chaqirgan edi. Ammo sal o‘tmay gidroksoxlorin bilan muolaja qilingan bemorlar orasida o‘lim ko‘payib ketgani bu dorining virusga qarshi samarali emasligini yuzaga chiqardi.

    Amaldagi prezidentning asosiy raqibi bo‘lgan demokratlar partiyasi nomzodi Jo Bayden Trampning uquvsizlarcha qilgan bayonotini keskin tanqid qildi va virusga qarshi ko‘plab testlar olinishi va himoya vositalaridan ko‘proq foydalanish afzalroq ekanini ta’kidladi.

    Amerikada ham Turkmaniston yoki Belarus rahbarlari taklifiga monand bo‘lgan fikrlar o‘qib qolsangiz hayron bo‘lmang, aziz o‘quvchi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    26.04.2020, 10:50   Izoh (0)   92398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

    26.04.2020, 10:38

    Namoyishga chiqqan “shifokor” it, Kamchatkadagi vulqon, Ramazonni kutayotgan AQSh. Hafta suratlari

    25.04.2020, 23:58

    Italiyada may oyida muzeylar va Kolizey ochiladi

    25.04.2020, 23:37

    Fransiyada o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan 25 foizga oshdi

    25.04.2020, 22:17

    Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi

    25.04.2020, 21:14

    Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi

    25.04.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.