Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 6 kishiga oshib, kasallanganlar soni 227 nafarga yetdi.
Avvalroq 3-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 nafarga ko‘payib, 221 nafarga yetgani haqida ma’lum qilingandi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi. Shuningdek, ikki nafar bemor kasallikdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor o‘zini uyda davolashga uringani ma’lum bo‘ldi. Hozirda uning ahvoli og‘ir
Izoh (0)