O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari 2-aprel, payshanba kuni, butunlay tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi (infografika)

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatdi.

Mavzuga doir: Oksford universiteti tadqiqotchilari O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining keyingi taqdirini prognoz qildi

- Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi
- Samarqandda 35 fuqaro ikki haftalik karantindan chiqdi. Ular endi uy sharoitida nazorat qilinadi
- Misrdan Navoiyga olib kelingan 181 nafar fuqaroning karantin muddati tugadi. Ularda koronavirus aniqlanmadi (foto va video)








