Rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan Prostakvashino qishlog‘ida yashovchi do‘stlar hayoti aks etgan mashhur multfilm ham koronavirus karantini mavzusini qamrab oldi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
“Prostakvashino” multfilmining yangi qismida pochtaci Pechkinning uy sharoitida dam olishi hamda uning sevgilisi enaga Margarita Yegorovna bilan munosabatlari rivoji haqida hikoya qilinadi.
Pochtachi Fyodor amaki, Matroskin va Sharikning uyida dam olish kunlarini o‘tkazadi. Dastlab multfilm ijodkorlari boshqa qismni efirga uzatishni mo‘ljallayotgan edi. Biroq multfilmning “Hammasi ichida” deb nomlangan qismi karantin paytiga mos deb topildi.
Izoh (0)