“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi qazib olinayotgan gazni qayta ishlash natijasida olingan oltingugurtni xorijga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya tomonidan xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda oltingugurt mahsulotini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnoma Buyuk Britaniyaning Commoditrade Limited kompaniyasi bilan imzolangan. Shartnomaga ko‘ra, 100 ming tonna oltingugurt mazkur kompaniyaga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, Pokistonning International Business System kompaniyasi bilan ham eksport bo‘yicha shartnoma imzolangan hamda 50 ming tonna oltingugurt eksport qilishga kelishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilnning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 milliard dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 2,6 milliard dollarga (4,2 foizga kamaydi) va import hajmi 3,2 millard dollarga (2,2 foizga kamaydi) yetdi. Mazkur davrda O‘zbekiston bir milliard dollarlik oltin sotdi.
Izoh (0)