Daryo

O‘zbekiston ikki oyda 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

Bu 2019-yilning shu davrida nisbatan 1,7 foizga ko‘proq demakdir

1 daqiqa o‘qish74 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Nbp.pl”

2020-yil yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston 1,005 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasida tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Foto: “Nbp.pl”

Ma’lumotlariga ko‘ra, oltin eksporti 2019-yil yanvar—fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz o‘sishni tashkil etmoqda. 2020-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan, 2018-yilda 2,91 milliard dollardan va 2019-yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi. Mavzuga doir: Avvalroq O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxirasi 2020-yil 1-fevral holatiga 29,4 milliard dollarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar