O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan polkovnik Nishonbayev Saidkarim Abduhakimovich ichki ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Saidkarim Nishonboyev mazkur tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Saidkarim Nishonboyev 2017—2018-yillarda Toshkent viloyat IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, Ichki ishlar tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)