Telekommunikatsiya operatorlari bilan hamnafas bo‘lgan holda EVO Internet provayderi O‘zbekiston aholisining oxirgi yangiliklardan boxabar bo‘lishini ta’minlash istagida, shuningdek, o‘quvchi va talabalarning o‘quv jarayonidan ortda qolmasliklarini uylab, yangilik va ta’lim manbalarini ishlatishda Internet trafik sarflanmasligini ta’minladi.
Kompaniyaning bosh direktori quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz O‘zbekiston pandemiyaga qarshi kurashish va uning tarqalib ketishining oldini olish uchun ko‘rayotgan chora-tadbirlarini kuzatib boryapmiz va amalga oshirilayotgan loyihalarga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz. Telekommunikatsiya korxonalari bilan bir qatorda biz ham o‘z abonentlarimiz uchun yangilik va ta’lim saytlaridan bepul foydalanish imkoniyatini berishga qaror keldik”.
Bugundan boshlab may oyining oxiriga kadar EVO abonentlari uchun kuyidagi saytlarga Internet trafik sarflamaydi va asosiy trafik tugaganda xam foydalanish imkoniyatini beradi.
Ta’lim saytlari:
Uzedu.uzOnline-maktab.uzUz.khanacademy.orgItschool.uzXanakademiyasi.uzKundalik.comItsm.uzEduportal.uzEdumarket.uzKitob.uzStat.uzedu.uzEmis.uzedu.uz
Yangiliklar saytlari:
Daryo.uzKun.uzUznews.uzGazeta.uzSpot.uzPodrobno.uzUzreport.newsXabar.uzUza.uz
Dunyoda koronovirus tarqalishining interaktiv xaritasi
Bundan tashqari, Navro‘z bayrami munosabati bilan EVO o‘z abonentlariga 21 ming so‘m evaziga 21 GB aksiyasini taqdim etdi.
Batafsil ma’lumot uchun: 78 148-00-00
Hamda provayderning rasmiy saytida: www.evo.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)