Qirg‘izistonda koronavirus aniqlangan O‘sh viloyatining Novqat tumanida 20-mart kuni favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Novqat tumanida favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi viloyati hokimligi xabarida.
18-mart kuni Qirg‘izistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etilgandi. Ular Umradan qaytgan Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.
Avvalroq Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.
Izoh (0)