Butun dunyo bo‘ylab shifokorlar karantin vaqti odamlarni uyda o‘tirishga chorlamoqda. Bu boradagi chellenjni birinchi bo‘lib malayziyalik shifokor Ji Tik Sheng boshlab berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
U ijtimoiy tarmoqlarga “Men siz uchun ishda qoldim. Siz biz uchun uyda qoling” deya yozilgan bir varoq qog‘ozning suratini joylagan.
Ushbu chellenjga butun dunyo shifokorlari qo‘shila boshladi. Xususan, O‘zbekiston, Turkiya, Ukraina, Germaniya davlatlarida koronavirus sabab yuzaga kelgan karantin vaqti ishlayotgan shifokorlar odamlarni imkon boricha uydan chiqmaslikka chaqirmoqda. Ular ham ish joyidan shu turdagi murojaatni rasmga olib, tarmoqqa joylayapti.
Izoh (0)