Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 87 ta yangi holat qayd etildi. Mart oyidan buyon kasallanganlarning umumiy soni 8652 kishiga, qurbonlar soni esa 94 kishiga yetdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan.
Avvalroq qurbonlar soni 91 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xavf darajasini eng yuqori ko‘rsatkichgacha oshirgan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziriligi xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya 22-martdan boshlab mamlakat hududiga kiruvchi Yevropadan keluvchi xorijliklar virusga tekshiruvdan o‘tib, 2 haftalik karantinga olinadi. Janubiy Koreya fuqarolari va mamlakatga uzoq vaqtga kelgan chet elliklar tekshiruvda koronavirus aniqlanmasa ham, ikki hafta davomida mustaqil ravishda o‘zlarini uyda izolyatsiya qilishlari lozim bo‘ladi.
Agar xorijliklar Koreyada yashash joyiga ega bo‘lmasa, u maxsus muassasaga yuboriladi. Agar ular qisqa vaqtga kelgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash organlari har kuni telefon orqali ularning ahvolidan xabardor bo‘lib turadi.
Izoh (0)