• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DXA tezkor xizmatlar uchun alohida tariflar joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

    Davlat xizmatlari agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi so‘nggi kunlarda davlat xizmatlari markazlarida tezkor xizmatlar uchun alohida tariflar belgilanganligi, ma’lumotlar davlat tilida berilmayotgani va boshqa tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

    Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

    Xabarda davlat xizmatlari markazlari tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, moliyalashtirish manbalari, turnaqator navbatlarning sababi hamda to‘lovlarning qimmatligi yuzasidan ma’lumot berilgan.

    DXMlar 2017-yil 12-dekabrdagi Prezident farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, bundan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zda tutilgan:

    • davlat xizmatlari ko‘rsatishni qulaylashtirish, optimallashtirish, samaradorligini oshirish;
    • raqamli texnologiyalar yordamida zamonaviy ishlashga o‘tish va korrupsiya omillarini yo‘qqa chiqarish;
    • elektron tizim vositasida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash.
    Dunyoda keng yoyilgan ushbu tizim qaysidir mamlakatlarda mustaqil tuzilma, ayrimlarida u yoki bu davlat organi tarkibida faoliyat yuritadi. Shuningdek, davlat xizmatlarini faqat DXMlar orqali yoki aralash (DXM + an’anaviy real hujjat aylanishi) tarzida ko‘rsatish variantlari ham jahon tajribasida uchrab turadi. O‘zbekistonda davlat xizmatlari faqat DXMlar orqali ko‘rsatiladi (belgilangan xizmat turlari).

    DXMlar turli tashkilotlar va idoralarning elektron axborot bazalariga ulanadi va ularda bor ma’lumotlarni tezkor, hech o‘zgarishsiz, qalbakilashtirishlarga yo‘l qo‘ymagan holda fuqarolarga taqdim qiladi. Bunda tizim ma’lumotlarning mazmuni, tili va sifatiga aralashmaydi, axborotni bazada qanday bo‘lsa, shunday chiqarib beradi.

    DXMlar o‘zini-o‘zi ta’minlovchi tashkilot bo‘lib, davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi.

    Bugungi kunda DXMlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 58 foizi bepul, faqat 42 foizigina pulli hisoblanadi.

    Ayrim xizmat turlari uchun fuqaro ma’lum miqdorda to‘lov to‘lashi mumkin. Masalan, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nostrifikatsiyasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (669 ming so‘m) to‘lanadi, bundan DXMlar hisobiga ushbu summaning 20 foizi tushadi. Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunaga almashtirish uchun esa BHMning 70 foizi (156 100 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi va bu summadan ko‘rsatilgan xizmat uchun hech qanday foiz olinmaydi.

    2017-yilgacha Yagona darcha tarzida faqat tadbirkorlarga bor-yo‘g‘i 17 ta xizmat turini ko‘rsatgan tuzilma ikki yilda 130 ta xizmat turini ko‘rsatuvchi katta tizimga aylandi. Ammo, xodimlar soni hamon o‘zgarmagan. Ya’ni mavjud 201 ta DXM da 2017-yilgacha 1500 nafar operator ishlagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hozir ham o‘zgarishsiz turibdi. Ish hajmi esa yetti-sakkiz barobar oshgan. Bir kunda (9-mart holatiga ko‘ra) respublika bo‘yicha qariyb 60 ming kishi DXMlarga ariza qoldiradi. Bir operator 1 kunda o‘rtacha 40 ta fuqaroga xizmat ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari, DXMlar soni aholi jon boshiga hisoblaganda ancha kam. Hozirda 201 ta markaz faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, joriy yilda yana 100 ta shunday markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Solishtirish uchun: aholisi O‘zbekistondan ikki barobarga kam (17 million) Niderlandiyada 352 ta DXM mavjud va ularda 600 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Ushbu fakt bizda hali ko‘plab DXMlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.

    So‘nggi ikki yilda DXM operatorlari, dasturchilari, menejerlari va boshqa personallari oldiga katta vazifa qo‘yildi. Ya’ni ilgari 17 ta xizmatni ko‘rsatib kelgan xodimlar birdaniga 130 ta xizmat turini tezkor ko‘rsatishga o‘rganishi, ya’ni shuncha yo‘nalishni birdek o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi lozim bo‘ldi. Buning uchun yetarli tajriba va biroz vaqt kerak.

    Davlat xizmatlari agentligi ushbu muammolarni muntazam aniqlab, bartaraf etish choralari ustida amaliy harakatlar qilmoqda. Masalan, kassalarga navbatlarni qisqartirish uchun elektron to‘lov tizimlari joriy etilgan. Shuningdek, elektron raqamli imzosi bor fuqarolar kerakli xizmatlarni masofadan (masalan, uydan, ofisdan va h.k.) turib yoki DXMlardagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalarida yagona interaktiv portal (my.gov.uz) orqali olishlari mumkin. Bunda ularga DXMdagi xodimlar maslahat va yordam beradi. Biroq ko‘pchilik fuqarolar ushbu usullardan bexabar yoki foydalanishni bilmaydi yoki istamaydi.

    Bundan tashqari, xodimlarning malakasini oshirish uchun muntazam ravishda turli treninglar tashkil etiladi. Ularni mehnatga yarasha rag‘batlantirish maqsadida faoliyatini individual baholash tizimi joriy etilgan.

    DXMlardagi uzun navbatlar soha rivojlanib borishi ortidan yaqin kelajakda ijobiy yechim topadigan masaladir.

    Davlat xizmatlari markazida navbat kutuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, yangi qurilgan markazlarda keng, qulay, konditsionerli zallar, yumshoq o‘rindiqli hududlar, bolalar maydonchasi, kutubxona va kafeteriylar mavjud. Barcha markazlarni bosqichma-bosqich shunday rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan va amalga oshirilmoqda.

    Bundan tashqari, ayrim fuqarolarga xizmatlarni alohida tariflar orqali tezkor ko‘rsatish ham taklif etiladi. Buning bir qancha sabablari bor.

    Birinchi, navbatlarni tezlashtirish yoki aylanib o‘tish uchun turli korrupsion tuynuklar qidirishga barham beradi. Chunki ishi tez bitishi kerak bo‘lgan odam navbatga turmaslik, belgilangan muddatgacha kutmaslik uchun turli aylanma yo‘llarni qidiradi, shunda korrupsiya va qonunbuzarliklar riski ortadi.

    Ikkinchi, tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim, uning ish jihozlari va faoliyati uchun zarur boshqa vositalar DXMlar budjetiga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi va ular qaysidir mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilishi kerak.

    Uchinchi, ushbu xizmatlar umumiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni umumiy navbatda turgan mijozlarning navbat tartibi bu bilan o‘zgarmaydi.

    To‘rtinchi, alohida tarif asosida tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim bo‘sh qolsa, umumiy tartibda navbatda turgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin, bu esa navbatlarning kamayishiga olib keladi.

    Beshinchi, bu tizim jahonda keng qo‘llaniladi va o‘z samaradorligini isbotlagan. Masalan, Niderlandiyada yo‘qolgan pasportni odatdagi tartibda tiklash 74 yevro, tezkor tartibda tiklash esa 124 yevroga tushadi.

    Oltinchi, ushbu turdagi xizmatdan kelib tushgan mablag‘ DXMlar faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Chunki mazkur tizim axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yangiliklarini muntazam va jadal ravishda joriy etish hamda kadrlar malakasini doimiy ravishda oshirib borishni taqozo qiladi, bu esa katta mablag‘ni talab etadi.

    “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish qariyb 30 yillik tarixga ega. Niderlandiyada 1994, Avstraliyada 1997, Kanadada 2005-yillarda joriy etilgan ushbu tizim O‘zbekistonda endigina ikki yoshni qarshiladi. Tizim bugungi kunda shakllanish va rivojlanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Shunga qaramay, u zamon shiddatiga hamohang tarzda tezkor rivojlanyapti. Bu jarayonga Davlat xizmatlari agentligi va butun tizim xodimlari jiddiy safarbar etilgan”, — deyiladi DXA jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda DXM filiallari mahallalarda ham tashkil etiladi
    • DXA davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida bir qator kamchiliklarni aniqladi (video)
    • DXA haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirishning so‘nggi muddatini eslatdi

    13.03.2020, 08:10   Izoh (0)   16130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan Airways koronavirus sabab xorij fuqarolariga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarish imkoniyatini bermoqda

    13.03.2020, 07:27

    O‘zbekistonda fatvo masalasida yangi sayt ishga tushirildi

    13.03.2020, 07:06

    Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 30 mlrd dollardan oshganini e’lon qildi

    13.03.2020, 06:14

    “Bu yerda zo‘rlarning zo‘ri o‘qiydi”. Shavkat Mirziyoyev Xivadagi Prezident maktabini borib ko‘rdi

    13.03.2020, 00:46

    TIV Tailandga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

    12.03.2020, 23:41

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oshirgani yuzasidan bayonot berdi

    12.03.2020, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.