• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Koronavirus va sport: bekor qilinayotgan musobaqalar, virusni yuqtirgan “Yuventus” himoyachisi haqida so‘nggi ma’lumotlar

     

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylanganini e’lon qildi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    So‘nggi ikki hafta davomida Xitoydan tashqarida koronavirus bilan zararlanish holatlari soni 13 martaga oshdi, kasallik qayd etilgan mamlakatlar soni esa uch baravar ko‘paydi. JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, ayni paytda dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 118 ming kishidan ortib ketgan.

    Ma’lumot uchun, pandemiya epidemik kasallikning bir yoki bir necha mamlakat, qit’a yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi hisoblanadi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yo‘li bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos.

    Koronavirus nafaqat havaskor, balki professional sport va sportchilarga ham ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Shu boisdan qator musobaqalar bekor qilinmoqda. Quyida shu kunga qadar bekor qilingan xalqaro sport musobaqalari, shuningdek, koronavirusning umuman sport sohasiga ta’siri haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etiladi.

    “Yuventus” himoyachisi Daniele Rugani koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Klub buni rasman tasdiqladi.

    25 yoshli Ruganining koronavirus bo‘yicha topshirgan test natijalari ijobiy natija taqdim etgan. “Yuventus” ayni damda karantin choralarini ko‘rayotgani ta’kidlangan. Qoidalarga ko‘ra, klub u bilan aloqada bo‘lgan barchaning ro‘yxatini tuzishi va ularni karantinga olishi lozim.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yuventus” ishtirokidagi o‘yinlar noma’lum muddatga qoldiriladi.

    Ronaldu koronavirus sabab “Yuventus” safida emas. U Madeyrada qolgan

    Krishtianu 11-mart kunidagi Turin klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ronaldu favqulodda holat sabab o‘z vatanida qolmoqda.

    Jamoa hujumchisi Gonsalo Iguain esa jarohatidan forig‘ bo‘lib, individual dastur asosida mashg‘ulot olib bormoqda. Yarim himoyachi Rodrigo Bentankur esa chap sonidagi jarohat sabab mashg‘ulotlarda qatnashmagan.

    A Seriya o‘yinlari qoldirildi, Italiya klublarining Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidagi ishtiroki so‘roq ostida

    Koronavirusning keng tarqalashi sabab Italiyada barcha sport musobaqalari, shu jumladan futbol bo‘yicha A Seriya bahslari ham to‘xtatib qo‘yildi.

    Yevropa Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan ikki o‘yin qoldirildi. Ikkala o‘yin ham Italiya klublari ishtirokida edi.

    UEFA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, “Inter”—“Xetafe” va “Sevilya”—“Roma” uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni o‘tkazilishi kerak edi.

    Sababi Ispaniya hukumati koronavirus tufayli Italiyaga kirib-chiqish borasida cheklov o‘rnatgan. Avvalroq Ispaniya hukumati “Roma” klubiga mamlakatga kirishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

    Angliyada koronavirus

    “Manchester Siti”—“Arsenal” uchrashuvi qoldirildi. APLning 28-turidan o‘rin olgan bahs 11-mart kuni o‘tkazilishi kerak edi. 27-fevral kuni “Arsenal” Yevropa Ligasi doirasida “Olimpiakos” bilan to‘qnash kelgan. Grek klubi xo‘jayini Yevangelos Marinakis uchrashuvdan so‘ng “Arsenal” futbolchilari va klub shtabidagi bir necha kishi bilan aloqada bo‘lgan.  ​

    APLning qolgan tur uchrashuvlari muxlislarsiz stadionda o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Muxlislar hatto futbol uchrashuvlarini restoran va kafelarda ham ko‘ra olmaydi. Boisi jamoat joylarida jonli translyatsiyalar ham taqiqlandi. Muxlislar uchrashuvlarni endi faqat televizor orqali ko‘rishi mumkin.

    Ispaniya va Fransiya chempionatlarining navbatdagi tur o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tadi. Saudiya Arabistonidagi barcha sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Qirg‘izistonda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Tokio mezbonligida o‘tadigan 2020-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari koronavirus sabab yil oxirida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada ishlari bo‘yicha vazir Seyko Xasimoto ma’lum qildi.

    Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) koronavirus sabab beshta xalqaro musobaqani bekor qildi. Unga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati A guruhidagi (22—28-mart, Tallin) va II divizionning B guruhidagi (23—29-mart, Sofiya) bahslar, III divizionning A va B guruhlaridagi o‘yinlar bekor qilingan. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi Jahon birinchiligidan o‘rin olgan va 28-martdan 3-aprelga qadar o‘tishi kerak bo‘lgan ikkita musobaqa ham bekor bo‘lgan.

    AQShda korovirusning ustidan kulgan basketbolchi kasallikni yuqtirib oldi. NBA chempionatni to‘xtatdi

    AQSh milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) “Yuta” jamoasi basketbolchisi Rudi Goberda koronavirus aniqlangani sabab 2019/20-yilga mavsum o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatdi.

    11-mart kuni “Okloxoma”—“Yuta” uchrashuvi so‘nggi pallada bekor qilindi. Bunga Solt-Leyk-Siti shahri klubi basketbolchisi koronavirusga chalingani sabab bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, bu o‘yinchi — Rudi Gober.

    Qizig‘i shundaki, Rudi Gober 9-mart kuni koronavirus atrofidagi vahimalar ustidan kulib, matbuot anjumani vaqtida barcha mikrofonlarga teginib chiqqandi.

    Shu munosabat bilan NBA 12-mart, payshanba kunidan boshlab chempionat o‘yinlarini to‘xtatdi.

    O‘zbekistonda ham xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi

    Xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    12.03.2020, 15:07   Izoh (0)   33987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    12.03.2020, 13:52

    Koronavirus: “Inter” hamda “Roma”ning Yevropa Ligasidagi o‘yinlari qoldirildi

    12.03.2020, 08:06

    “Atletiko” amaldagi chempion “Liverpul”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubordi

    12.03.2020, 03:38

    “Yuventus” himoyachisi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Klub buni rasman tasdiqladi

    12.03.2020, 03:28

    PSJ “Borussiya D”ni mag‘lub etgan holda Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo‘l oldi

    12.03.2020, 03:01

    Bahodir Jalolov ham litsenzion musobaqa g‘olibiga aylandi

    12.03.2020, 00:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz ICT Expo 2024da 5G Calling va VoWiFi’ni namoyish etmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Grand Mir va NBU binolarini qurgan quruvchi Sizga uy quryapti, sotib olasizmi?


    ICTWEEK 2024: 5G innovatsiyalaridan 5.5G tezliklari sari


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Hamkorlar “Akkermann sement” zavodida sement ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Den Kuperning sirli tarixi: 200 ming dollar olib, samolyotdan qochgan jinoyatchining hozirga qadar ochilmagan ishi

    19.09.2024, 15:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.