Daryo

Koronavirus: “Inter” hamda “Roma”ning Yevropa Ligasidagi o‘yinlari qoldirildi

Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni o‘tkazilishi kerak edi

1 daqiqa o‘qish40 072 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan ikki o‘yin qoldirildi.

Foto: Twitter

UEFA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, “Inter”—“Xetafe” va “Sevilya”—“Roma” uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni o‘tkazilishi kerak edi.

Sababi Ispaniya hukumati koronavirus tufayli Italiyaga kirib-chiqish borasida cheklov o‘rnatgan. Avvalroq Ispaniya hukumati “Roma” klubiga mamlakatga kirishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

Ayrim xabarlarga qo‘ra, “Inter” va “Xetafe” jamoalari o‘rtasidagi bahs neytral maydonda o‘tadigan bitta o‘yindan iborat bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham qoldirilishi mumkin.

Italiyada koronavirus qurbonlari soni 168 kishiga yetdi. Virusni yuqtirib olganlar soni 9 mingni tashkil etmoqda. Ispaniyada 2 mingga yaqin kishi kasallikni yuqtirib olgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar