Daryo

Futbol bo‘yicha Ispaniya va Fransiya chempionati koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi

Primera va Segundaning keyingi ikki turi tomoshabinlarsiz o‘tadi

1 daqiqa o‘qish49 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yandex Photos

Koronavirus sabab Ispaniya va Fransiya chempionatlarining navbatdagi tur o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Foto: Yandex Photos

Fransiya chempionati bahslari 15-aprelga qadar bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Liga 1 ijroqo‘mi shu qarorga kelgan.

La Liga qaroriga ko‘ra, Primera va Segundaning keyingi ikki turi tomoshabinlarsiz o‘tadi. Epidemiyaning tarqalishiga qarab ushbu muddat ko‘payishi ham mumkin. Liga ayni damda musobaqaning joriy mavsumini to‘xtalishlarsiz o‘tkazib olish haqida bosh qotirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 1400 kishiga yetdi, qurbonlar 30 nafarni tashkil etdi. Ispaniyada esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 1200 kishidan oshgan.

Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona”—“Napoli” va “Valensiya”—“Atalanta” uchrashuvlari ham tomoshabinlar ishtirokisiz kechadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya chempionatining navbatdagi tur o‘yinlar koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar