Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha litsenzion musobaqaning final janglari 11-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
+91 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston bayrog‘ini himoya qilgan Bahodir Jalolov finalda Avstraliya vakili Jastis Haniga qarshi ringga chiqdi. Jang to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yakunda Jalolov 5:0 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun O‘zbekiston terma jamoasining uch vakili (Miraziz Mirzahalilov, Elnur Abduraimov) finalga qadar yetib keldi va ularning barchasi oltin medalga ega chiqdi. Shuningdek, yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin va uchta bronza bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)