Jahonga tarqalayotgan COVID-19 koronavirusi sabab O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.