Tokio mezbonligida o‘tadigan 2020-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari koronavirus sabab yil oxirida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada ishlari bo‘yicha vazir Seyko Xasimoto ma’lum qildi.
“Shartnoma bo‘yicha o‘yinlar 2020-yilda o‘tkazilishi lozim. Bu esa Olimpiada muddatini surishga imkon yaratadi”, — deydi Xasimoto.
Avvalroq Tokio—2020 ijroqo‘mi vakillari va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2020-yilgi o‘yinlar o‘z vaqtida o‘tishini ma’lum qilgandi.
Ayni damda Yaponiyada barcha ommaviy tadbirlar, konsertlar va musobaqalar bekor qilinmoqda, maktablar yopilgan. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 973 kishiga yetgan. Ularning 705 nafari Diamond Princess layneri yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 12 kishi virus qurboniga aylangan, yana 50 nafar odam og‘ir ahvolda.
Mavzuga doir:
- Xalqaro xokkey federatsiyasi koronavirus sabab 5 ta musobaqani bekor qildi
- Koronavirus tufayli WADA’ning har yilgi simpoziumi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
- “Yuventus” — “Inter” va A Seriyaning yana 4 ta o‘yini koronavirus tufayli qoldirildi
- Eronlik futzalchi koronavirusdan vafot etdi
- Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab qoldirilmaydi