Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) koronavirus sabab beshta xalqaro musobaqani bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati A guruhidagi (22—28-mart, Tallin) va II divizionning B guruhidagi (23—29-mart, Sofiya) bahslar, III divizionning A va B guruhlaridagi o‘yinlar bekor qilingan. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi Jahon birinchiligidan o‘rin olgan va 28-martdan 3-aprelga qadar o‘tishi kerak bo‘lgan ikkita musobaqa ham bekor bo‘lgan.
IIHF koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan vaziyatni kuzatib boradi va aprel oyidagi musobaqalar taqdirini muhokama qiladi. Ta’kidlanishicha, aprel—may oylariga mo‘ljallangan xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCh—2020 musobaqasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.