Bugun, 9-mart kuni, taniqli shoir Azim Suyun 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Azim Suyun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir. U G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarida, “Guliston” jurnalida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)