Rossiyaning Orenburg viloyatida uch nafar o‘zbekistonlik bola qizamiq tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Orenburg viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib “56orb.ru” xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistondan borgan bolalar qizamiqqa qarshi emlanmagan va buning oqibatida ularda kasallik boshlangan. Bolalar Orenburgda maktabga ham, bog‘chaga ham bormaganligi aytilmoqda.
Ayni vaqtda bemor bolalar Zinovyev nomidagi shahar 6-statsionar kasalxonasiga yotqizilgan.
Orenburgda avval ham, aniqrog‘i, Yangi yil bayrami arafasida qizamiq bilan kasallanganlar borligi xabar qilingan. Nashrning yozishicha, o‘shanda ham kasallik bilan bog‘liq birinchi holat O‘zbekistondan kelgan odamda kuzatilgan.
Izoh (0)