Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi yarim final javob bahslari koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirildi.
A Seriya qaroriga ko‘ra, 4 va 5-mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Yuventus”—“Milan” hamda “Napoli”—“Inter” uchrashuvlari bekor qilingan. Uchrashuvlarning yangi sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
“Yuventus” va “Milan” ishtirokidagi dastlabki o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topgan. “Napoli” esa safarda “Inter”ni minimal hisobda (1:0) taslim etgandi.
Mazuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)