Londonning “Tottenhem” klubi yozgi transfer oynasida yirik xaridni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Shporlar” “Milan” safida to‘p surayotgan portugaliyalik futbolchi Rafael Leau transferini amalga oshirmoqchi. Fichajes nashrining yozishicha, klub rahbariyati ushbu futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor.

Koreyalik hujumchi Son Hyon Min Angliya Premyer Ligasidagi faoliyatini yakunlab, AQShning “Los-Anjeles” klubiga o‘tgani bois, “Tottenhem” uning o‘rnini bosadigan futbolchi izlamoqda. Rafael Leau bu talablarga to‘liq mos keladigan nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Biroq “Milan” klubi hujumchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Garchi klub so‘nggi yillarda yirik sovrinlarga ega chiqmagan bo‘lsa-da, Leau jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu sababli klub rahbariyati uni shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulidan kamroq narxga sotmoqchi emas.
“Tottenhem”ning “short-list”ida yana bir nechta nomzodlar bor, jumladan, “Real Madrid” hujumchisi Rodrigo ham. Biroq hozircha Rafael Leau London klubi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Agar transfer amalga oshsa, u yozgi transfer bozoridagi eng yirik transferlardan biri bo‘lishi mumkin.
- 2024/2025-yilgi mavsumda Rafael Leau “Milan” safida jami 50 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
- Transfermarkt portali futbolchinin qiymatini 70 million yevroga baholagan.
Izoh (0)