“Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu insultni boshdan kechirgan onasi Doloreshning holati haqida ma’lumot berdi.
“Onamni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Ayni damda u kasalxonada va o‘zini yaxshi his etmoqda. Men va oila a’zolarim unga g‘amxo‘rlik qilayotgan meditsina xodimlariga tashakkur bildiramiz”, — deydi Ronaldu.
Ta’kidlanishicha, shifokorlarning tezkor harakatlari tufayli xurujning og‘ir oqibatlari oldi olingan. Insultning bu ko‘rinishi tilda nuqsonlar paydo qilishi va sholga olib kelishi mumkin edi.
Avvalroq 35 yoshli futbolchi onasining holatidan xabar topgach Italiyadan Madeyraga yo‘l olgani ma’lum qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)