• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Haftasiga deyarli 5 mlrd so‘m. Haddan tashqari katta maosh olayotgan futbol yulduzlari

    Yildan yilga dunyo futbolida pul aylanishi ortsa ortmoqdaki, kamayotgani yo‘q. Homiylar ham har yili ko‘payib borayotgani rost. Shunday ekan, taniqli futbol yulduzlarining avvalgi vaqtlardagidan ko‘proq maosh olayotgani hayratlanarli emas.

    Deloitte Football Money League nashri ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning top-5 klubi 2018/19-yilgi mavsumda jami hisobda 3,6 milliard dollar ishlab topgan. Bu 2017/18-yilgi mavsumdagi topilgan pullardan 300 million dollarga ko‘p ekanligini anglatadi.

    Klubga katta pul keltirayotgan ijrochilar, albatta, yuqori maosh olishga haqli. Biroq hozir dunyo futbolida agentlar o‘z mijozlariga keragidan ortiq maoshni tayinlashga erishmoqda. Ammo o‘sha futbolchilarning ko‘pchiligi samoviy mablag‘larni oqlayotgani yo‘q. Quyidagi haddan ortiq maosh olayotgan futbolchilar haqida gap ketadi.

    Mesut O‘zil (“Arsenal”) — haftasiga 350 ming funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Arsen Vengerning so‘nggi yillarida “Arsenal” transfer bozoridagi siyosati tufayli omma oldidagi obro‘sini tushirib yubordi. Shu boisdan ham “Arsenal” “Real”dan klub uchun rekord mablag‘ evaziga Mesut O‘zilni sotib olganda ko‘pchilik ajablangandi. Avvaliga O‘zilning London klubiga yuqori darajaga ko‘tarilishda yordam bera olishini kutishgandi va bunga ishonishgandi ham. Bunga sabab esa uning Madridda ko‘rsatgan o‘yinlari edi, albatta. U “Real”da foydali o‘yin ko‘rsatar, dunyoning eng kuchli pleymeykerlari ro‘yxatida e’tirof etilardi. “Arsenal”dagi ilk mavsumida O‘zil Tyerri Anri tomonidan o‘rnatilgan bir mavsumdagi eng ko‘p golli uzatmalar bo‘yicha rekordni yangilashiga bir bahya qoldi. 2018-yilda Mesut “to‘pchilar” bilan shartnomasini uzaytirib, APLning eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchisiga aylandi.

    Shundan so‘ng O‘zilning ishlari oldinga emas, ortga keta boshladi. U haftasiga 350 ming ishlab topadi, biroq u pullarni oqlayotgani yo‘q. Unai Emeri bilan nizoga borib, asosiy tarkibdagi o‘rnidan ham quruq qoldi. Muxlislar ham O‘zilga ishonmay qo‘ydi. Hozir esa hech narsa qilish kerak emas: “Arsenal” undan qutulish harakatini boshlamaguncha Mesutning ketishga shoshmasligi aniq. Jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan Mikel Arteta esa ayni damda O‘zilga imkoniyat taqdim etmoqda. Biroq uning jamoada qolish yoki qolmasligini vaqt ko‘rsatadi.

    Tangi Ndombele (“Tottenhem”) — haftasiga 200 ming funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Tottenhem” “Lion”dan 62,8 million funtga Tangi Ndombeleni sotib olib, klub rekordini o‘rnatdi. 22 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 2 ta juda yaxshi mavsum o‘tkazdi va Yevropada eng talabgir futbolchilardan biriga aylandi. Tangi klubga kelishi bilanoq jamoaning asosiy yetakchisi Harri Keyn bilan teng miqdorda maosh oladigan bo‘ldi. Bu orqali u Kristian Eriksen hamda Dele Alli kabi “shporlar”ning boshqa yulduzlarni o‘yin borasida bo‘lmasa ham, maosh borasida ortda qoldirdi. Shu bilan birga muxlislar ham unga katta umid bog‘ladi.

    Biroq futbolchi jarohat sabab asosiy tarkibdan hozircha muqim o‘rin egallay olganicha yo‘q. Pochettino davrida oz-moz bo‘lsa-da maydonda ko‘rinish bergan Tangiga ayni damda Joze Mourinyo faqat zaxiradan o‘yinga qo‘shilish imkoniyatini taqdim etmoqda, xolos.

    Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) — haftasiga 290 ming funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” 4 yil oldin Pogba bilan shartnoma imzolab, deyarli barcha rekordlarni yangilagandi. O‘sha yili “Old Trafford”da Zlatan Ibrahimovich hamda Joze Mourinyo ham paydo bo‘ldi.

    Zlatan va Joze ayni damda boshqa-boshqa klubda Pobga esa hamon “Yunayted” futbolchisi. Polning jamoada qolishini xohlayotganlar ko‘p emas. Uning doimiy mojarolar ortida qolishi va surunkali jarohatlari hammaning joniga tegdi. Ha, fransuzning o‘zi ham klubdan ketishga bir necha marta harakat qilib ko‘rdi. Biroq uning Angliyada olayotgan maoshini har qanday klub ham ko‘tara olmasligi aniq edi.

    Pogba ayni chog‘da ham dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri, biroq “Manchester Yunayted”da o‘ynash ishtiyoqning yo‘qligi uning obro‘siga zarar yetkazmoqda.

    U 2019/20-yilgi mavsum APL doirasida atigi 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Polning ingliz klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Katta ehtimol bilan futbolchi shundan so‘ng boshqa jamoaga o‘tib ketadi.

    Usmon Dembele (“Barselona”) — haftasiga 250 ming funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Usmon Dembele “Barselona”ga Neymarning o‘rinbosari sifatida kelgandi. Bu esa unga qo‘shimcha mas’uliyat yuklashi tabiiy etdi. “Barselona” Dembele uchun “Borussiya Dortmund”ga rekord darajada mablag‘ to‘lagandi. Biroq hozircha futbolchi surunkali jarohatlar sabab asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanish tugul, jamoada o‘zini ko‘rsata olganicha yo‘q. U ko‘proq vaqtini maydonda ko‘ra, shifoxonada o‘tkazdi.

    Ro‘yxatimizdagi boshqa o‘yinchilardan farqli o‘laroq Dembele maydonda bo‘lgan vaqtlari jamoa uchun ancha foydali harakatlana oldi. Biroq u har doim Kataloniya klubi tomonidan noprofessionallikda ayblab kelindi. Boisi futbolchi mashg‘ulotlarga bir necha bor kech qolib keldi. Futbolchi buning sababini esa uxlab qolgani bilan izohlashda davom etdi.

    Joriy mavsum Dembele boshqa maydonga tushmaydi. “Barselona” esa uning o‘rniga 18 million yevro sarflab, mojaralar evaziga “Levante”dan Martin Breytueytni sotib oldi.

    Aleksis Sanches (“Inter”/“Manchester Yunayted”) — haftasiga 400 ming funt (qariyb 5 milliard so‘m)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sanchesning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi aniq bo‘lganda, muxlislar o‘zida yo‘q xursand edi. Boisi “Yunayted” Sanches uchun kurashda azaliy raqibi “Siti”ni orta qoldira olgandi. Ammo muxlislarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Aleksisning o‘rniga Genrix Mxitaryanni qabul qilib olgan “Arsenal” ham bu transferdan xursand bo‘lmagani aniq. Ikkala futbolchi ham yangi jamoasida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.

    “Yunayted” “Man Siti”ni ortda qoldirish yo‘lida Sanchesga haftasiga 400 ming funt maosh taklif qilishga majbur bo‘lgandi. Qayd etish joiz, “qizil iblislar” safida hech bir futbolchi Sancheschalik ko‘p maosh olmaydi.

    Chililik hujumchi “Yunayted” safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 5 ta gol urdi, xolos. Hozir esa futbolchi ijara asosida “Inter” safida harakat qilmoqda. Katta ehtimol bilan milanliklar ham Sanches transferini to‘liq sotib olmaydi.

    Asror Abdunazarov tarjimasi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    04.03.2020, 17:02   Izoh (0)   43936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trilogiya: Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi 3-jangning qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    04.03.2020, 14:41

    XOQ Olga Zabelinskaya va yana 3 nafar rossiyalik sportchiga Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston nomidan qatnashishga ruxsat berdi

    04.03.2020, 13:03

    “Barselona”—“Napoli” va Yevrokuboklarning yana bir nechta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

    04.03.2020, 09:21

    Deniel Starrij yozgacha futboldan chetlatildi

    03.03.2020, 22:36

    Tokio—2020 yo‘lida. Fanat Qahramonov iordaniyalik bokschini taslim qildi

    03.03.2020, 22:04

    Ronaldu Instagram’da Transfermarkt portalini “qora ro‘yxat”ga joylab qo‘ydi

    03.03.2020, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolgariya yevroni milliy valyuta sifatida qabul qilmoqchi

    Dunyo | 5 iyun, 11:20

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    JCH—2026. O‘zbekiston mundial masalasini hal qilishga yaqin turibdi (prevyu)

    Sport | 5 iyun, 11:15

    Britaniyalik olimlar dunyodagi eng kichik skripkani yasadi

    Layfstayl | 5 iyun, 11:11

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.