Niderlandiyada 12-fevral kuni jo‘natma sifatida qadoqlangan ikkita bomba portlab ketdi, deb yozadi Meduza.
Ichida bomba bo‘lgan birinchi jo‘natma Amsterdamdagi jo‘natmalarni saralash ofisida portlagan. Ikkinchisi esa Kerkrad shahridagi pochta kompaniyasining saralash punktida portlagan.
Portlashlar oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Politsiya holat yuzasidan hozircha hech kimni qo‘lga olmagan.
Ichida bomba bo‘lgan jo‘natmalar Niderlandiyada yanvar oyi boshidan beri aniqlanmoqda.
Bombali jo‘natmalar avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk agentliklarida topilgan, lekin shu vaqtga qadar biron marta ularning portlagani qayd etilmagan.
Politsiya bombalar bir kishi tomonidan jo‘natilayotganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)