• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda qabrni tahqirlashga uringan ayolga qo‘l ko‘targan shaxslarga jazo tayinlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda qabrni tahqirlashda ayblanib, kaltaklanayotgan ayol tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo IIB mazkur holatga oydinlik kiritib, voqea 2019-yil 1-sentabr kuni Kitob tumani “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Qabri Oxun” qabristonida yuz berganini yozdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv olib borgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning xabar berishicha, ayolni kaltaklaganlar — Umid Ahmedov, Muhtarama Qurbonova, Amrullo Qurbonovning har biriga 7-fevral, juma kuni, Kitob tumani Ma’muriy sudi tomonidan eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Foto: “Daryo”

    Shahrisabzlik ayol tomonidan qabri ochilgan marhum Tursun Ahmedov yaqinlarining “Daryo” muxbiriga ma’lumot berishicha, marhumning qabri 2019-yil 1-sentabr kuni ikkinchi marotaba ochilgan.

    — Otamning qabri 2019-yil 21-iyul kuni ham ochilgan edi, — deydi Umid Ahmedov. — 22-iyul kuni menga qo‘shnimiz telefon qilib, “otangning qabri ochiq yotibdi”, dedi. Barcha ishimni tashlab qabristonga bordim. Borsam, haqiqatan ham qabr kavlangan va marhum otamning jasadi ko‘rinib turibdi. Ustiga kesak tushib yotgan ekan. Tezda qabrni yopdik. Vaqtida ulgurgan ekanmiz, qabr ochiq holda ancha payt qolib ketganda itlar murdani sudrab olib ketardi.

    Umid Ahmedov

    Umid Ahmedov
    Foto: “Daryo”

    Umid Ahmedovning aytishicha, mazkur voqeadan so‘ng aholi orasida har xil gap-so‘z tarqalgan. Kimdir “marhumning katta qarzi bo‘lgan, shuning uchun qabrini ochib ketishgan” desa, yana kimdir “marhum tirikligida kimlargadir yomonlik qilgan bo‘lsa kerak” degan mish-mish tarqalgan.

    — O‘sha voqeadan keyin bosh ko‘tarib yurolmay qoldim, qayerga borsam “nega otangning qabri ochilgan ekan?”, deb so‘rovchilar ko‘paydi, — deydi Umid Ahmedov. — Shu kabi savollardan bezganimdan to‘y-tomoshaga ham qo‘shilolmay qoldim. Qabrni ochgan odam kim? Nega otamning qabrini ochgan degan savollarga javob topolmasdim.

    Umid Ahmedovning ma’lumot berishicha, qabr birinchi marotaba ochilgandan so‘ng, u 2-3 kun qabristonda qo‘riqchilik ham qilgan. Kim ochganini topishga uringan. Ammo natija bo‘lmagan.

    — 2019-yil 1-sentabr kuni qo‘shnimiz menga qo‘ng‘iroq qilib, “otangning qabrini ochishga uringan odamni topdik, tez yetib kel dedi”, — deydi Umid Ahmedov. — O‘sha paytdagi holatimni tasavvur qilolmaysiz. Jahlim chiqqandi. O‘sha holatda qabristonga yetib bordim va qabrni ochgan ayolga qo‘l ko‘tardim. O‘zimni boshqarolmadim. Bu ayol ortida kim bor ekan degan xayol o‘tdi. Murdani olib ketmoqchi bo‘lishganmi, deb o‘yladim.

    Aytilishicha, marhum Tursun Ahmedov 2019-yil 7-may kuni 75 yoshida vafot etgan.

    Muhtarama Qurbonova

    Muhtarama Qurbonova
    Foto: “Daryo”

    — Tog‘am vafot etganidan so‘ng 25 yoshli jiyanim ham olamdan o‘tdi. Uning qabrini ham ochmoqchi bo‘lishganmi degan xayol o‘tdi, — deydi marhumning qarindoshi Muhtarama Qurbonova. — Shuning uchun ham jahlim chiqdi. Va o‘sha ayolni urdim.

    Suhbatdoshlarning ta’kidlashicha, qabrni ochishga uringan ayol uni ushlab olishgach, qochishga uringan.

    — Qochmoqchi bo‘lib, uni ushlab turgan onamga qo‘l ko‘tardi. Shu sabab ham men uning qo‘lini ushlab, orqaga qayirdim, — deydi Amrullo Qurbonov. — Men ham holatdan shokka tushgandim.

    — Shu yoshga kirib bunday voqeani birinchi marotaba eshitib turibman, bizning mahallada bu holat birinchi marotaba kuzatilyapti, — deydi “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini kotibi Najmiddin Lutfullayev. — O‘zimiz ham hayronmiz. O‘sha ayol bilan gaplashishga urindim. Ammo ruhiy holati yomon ekan. Savollarga ham telba-teskari javob beradi.

    Najmiddin Lutfullayev

    Najmiddin Lutfullayev
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, marhumning qabrini ikkinchi marotaba ochishga uringan shahrisabzlik Sh.U. xatti-harakatini ruhiy holatining yomonligi bilan izohlagan.

    — Navbatchilik qismiga xabar berilgach, men voqea joyiga yetib bordim, — deydi mahalla profilaktika inspektori Umid Shoimov. — Ayol biz borgunga qadar kaltaklangan. Ayolning kaltaklangani haqida yaqinda xabar topdim.

    Foto: “Daryo”

    Kitob tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Oybek Narzullayevning “Daryo” muxbiriga ma’lumot berishicha, qabrni ochishga uringan Sh.U.ning yonidan qabr ochish uchun mo‘ljallangan teshacha va qora tovuq chiqqan.

    — Fuqaro aholi tomonidan ushlangan payt uning yonidan qabrni ochish uchun mo‘ljallangan teshacha hamda qora tovuq chiqqan, — deydi tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Oybek Narzullayev. — Sh.U.dan xatti-harakatining sababini so‘raganimizda ruhiy holati yomonligini, qabrni ochib qora tovuqni shu qabrga ko‘mishga uringanini aytdi.

    Oybek Narzullayevning ta’kidlashicha, internet saytlarida ayolning mayyitlarning tilla tishini sug‘urib olishga uringani haqidagi gap asossiz.

    — Ayol mayyitlarning tilla tishini sug‘urib olishga uringan deyishyapti, bu bo‘lmagan gap, — deydi Oybek Narzullayev. — Mayyitning tishini sug‘irishga uringan shaxs qabrni kunduzi ochmaydi. Qolaversa, marhum unga notanish bo‘lgan.

    Marhum yaqinlarining qo‘shimcha qilishicha, marhumning tilla tishi bo‘lmagan.

    Qashqadaryo IIB bayonotida ta’kidlanishicha, qabrni ochishga uringan fuqaroning ushbu xatti-harakatiga javoban dastlab Kitob tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 134-moddasi (qabrni tahqirlash) bilan ish ochilgan. Ammo kam ahamiyatli ekanligi inobatga olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

    Kitob tumani IIB

    Kitob tumani IIB
    Foto: “Daryo”

    — Kaltaklangan ayol IIBga hech qanday shikoyat qilmagandi. Ammo joriy yil 4-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ma’lum bo‘lishicha, unga tan jarohati yetkazilgan, — deydi Oybek Narzullayev. — Shu sabab ham 2020-yil 4-fevral kuni mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborildi. Ayolni kaltaklaganlar — Umid Ahmedov, Muhtarama Qurbonova, Amrullo Qurbonovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish), 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati etkazish) bilan ish ochilib, ko‘rib chiqish uchun Kitob tumani Ma’muriy sudiga yuborildi. Sud Umid Ahmedov, Muhtarama Qurbonova, Amrullo Qurbonovning har biriga eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.

    Kitob tumani IIBning qo‘shimcha qilishicha, shahrisabzlik Sh.U. yashovchi “Saroy” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari ham Sh.U.ning ruhiyatida o‘zgarish borligini, so‘nggi paytlarda har xil gap aytadigan bo‘lib qolganini ta’kidlagan. Shu bois ham 2019-yil 2-sentabr kuni u Qarshi shahridagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va ma’lum muddat davolanib chiqqan. Shu boisdan ham “Daryo” muxbiri Sh.U. bilan suhbatlasha olmadi.

    09.02.2020, 09:13   Izoh (0)   161701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 10 mln so‘m soxta pul yasab, muomalaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

    08.02.2020, 23:14

    Toshkentda buzilishga tushgan noturar joy obyektlari uchun bino va yer ajratish tartibi muhokamaga qo‘yildi

    08.02.2020, 22:54

    O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi: O‘zbekiston nafaqat Uxan, balki Xitoyning chekka mintaqalaridan ham fuqarolarini evakuatsiya qilgan kam sonli davlatlardan b...

    08.02.2020, 22:35

    Bosh prokuratura Yangiyo‘lda buzilayotgan uylar bo‘yicha izoh berdi

    08.02.2020, 21:17

    Video: Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi

    08.02.2020, 20:58

    Toshkentning 8 ta tumanida tergov bo‘linmalariga ayollar rahbar etib tayinlandi

    08.02.2020, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.