• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi: O‘zbekiston nafaqat Uxan, balki Xitoyning chekka mintaqalaridan ham fuqarolarini evakuatsiya qilgan kam sonli davlatlardan bo‘ldi

    O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi Xitoyda tahsil olayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

     

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Murojaatda, jumladan, shunday deyiladi:

    “So‘nggi haftalarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qayerda bo‘lishidan, yoshi yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, Xitoyda 2019-nCoV koronavirusi yoyilgani munosabati bilan bu mamlakatdan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish jarayonlarini katta hayajon bilan kuzatib bordi.

    Fursatdan foydalanib, avvalo Xitoy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga va ularning yaqinlariga ushbu murakkab damlarda qat’iyat va sabr-toqat, yuksak madaniyat va o‘zaro hamfikrlilik tuyg‘ularini namoyon etganliklari uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Ko‘plab vatandoshlarimizning ayni fazilatlari juda qisqa muddatlarda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun muhim zamin yaratdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy e’tibori va mamlakat Hukumatining qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va elchixonamizning O‘zbekiston va Xitoydagi tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 600 nafar hamyurtimizni vatanga olib kelish bo‘yicha juda aniq va har tomonlama puxta ishlar amalga oshirildi.

    Qat’iy karantin sharoitida qisqa muddatda Xitoy tomoni bilan tegishli muzokaralar olib borildi, Toshkentga charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar mumkin qadar qisqa davr ichida kelishildi va hal etildi, Xitoyning o‘nlab shahar va provinsiyalaridan Uxan va Pekin shaharlariga barcha talaba yoshlarimiz safarbar qilindi.

    E’tiborli tomoni, O‘zbekiston nafaqat koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan, balki Xitoyning qator chekka mintaqalaridan o‘z fuqarolari evakuatsiyasini tashkil qilgan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi. Yurtdoshlarimizni kerakli manzilga yetkazish ishlari Xubey provinsiyasining alohida karantin tartibi joriy etilgan boshqa shaharlaridan (Xuanshi, Szyanan, Ichan, Lichuan, Szinmen) ham amalga oshirildi.

    Shaxsiy xavfsizlik va salomatlikni ta’minlash choralari bo‘yicha zarur amaliy tavsiyalar hamda evakuatsiya tadbirlarining har bir bosqichi to‘g‘risidagi muntazam axborotlar tayyorlanib, ular Xitoyning WeChat messenjeri, boshqa ijtimoiy tarmoqlar va O‘zbekiston OAV orqali tarqatildi. Bir vaqtning o‘zida elchixona xodimlari tomonidan O‘zbekistonga uchish arafasida o‘nlab vatandoshlarimiz bilan yuzaga kelgan konsullik-huquqiy, registratsiya-viza va boshqa muammolar tezkor tarzda hal qilindi.

    O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahridan olib chiqib ketish maqsadida elchixona Xubey provinsiyasi hamda mahalliy oliy o‘quv yurtlari ma’muriyatlari bilan birgalikda ushbu provinsiyaning Uxan va yana beshta boshqa shahridagi 14 ta universitetda tahsil olayotgan salkam 80 nafar talabalarni evakuatsiya qilish bo‘yicha bir necha bosqichli reja ishlab chiqdi. Unga muvofiq, fuqarolarimizning shaxsini va boshqa ma’lumotlarni aniqlashdan tortib, ularning ro‘yxatini tuzish va mahalliy transport kompaniyasini jalb qilgan holda talabalarni Uxan shahri aeroportiga olib kelishgacha bo‘lgan kompleks tadbirlar amalga oshirildi.

    2020-yil 15-yanvarda elchixonada tezkor shtab tuzilganini va diplomatik missiyaning barcha xodimlari Xitoyning turli burchaklaridagi 2000 nafardan ortiq talabalarimiz bilan muloqotga chiqib, ularning har biri bilan yakka tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga faol kirishganini ta’kidlash o‘rinli.

    Aynan ushbu maqsadda WeChat messenjerida yoshlarimiz orasida tushuntirish ishlarini muntazam olib borish, ularga ma’naviy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish va sarosimaga tushishning oldini olish uchun alohida guruhlar ochildi.

    Obyektiv sabablarga ko‘ra bunday nostandart sharoitlarda mazkur vazifalarni hech bir muammolarsiz hal qilish mumkin emasligi ham tabiiy holatdir. Ammo yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lib ko‘ringan muammolar ham bartaraf etildi.

    Eng asosiysi, umumiy sa’y-harakatlarimiz natijasida yuzlab talabalar mamlakatimizga salomat qaytdilar. Bu esa kelgusida ular o‘z o‘qishlarini davom ettirish maqsadida yana Xitoyga qaytishlarining muhim kafolati hisoblanadi. Ular bu yerda Vatanimizning yanada taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlarni o‘qib-o‘rganib, yosh istiqbolli mutaxassislar sifatida O‘zbekistonga qaytishadi”, — deyiladi murojaatda.

    Mavzuga doir: Foto: Xitoydan charter reys bilan keltirilgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda karantin o‘tamoqda?

    08.02.2020, 22:35   Izoh (0)   28823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura Yangiyo‘lda buzilayotgan uylar bo‘yicha izoh berdi

    08.02.2020, 21:17

    Video: Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi

    08.02.2020, 20:58

    Toshkentning 8 ta tumanida tergov bo‘linmalariga ayollar rahbar etib tayinlandi

    08.02.2020, 20:39

    Namanganda Umraga otlangan 90 yashar onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

    08.02.2020, 19:17

    Mirishkorda aholini qiynab kelayotgan bir necha yillik muammo deputat aralashuvi bilan hal etiladigan bo‘ldi

    08.02.2020, 18:58

    Farg‘onalik qizlar profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida ish boshladi. Bu tizimda yangilik ekanligi aytilmoqda

    08.02.2020, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda fuqaro rahbariga bolta bilan tahdid qilib, maoshini oshirishni talab qildi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:05

    Nigeriyada 50 dan ortiq odam o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 4 avgust, 10:57

    Mol go‘shti yoki tovuq? Me’da-ichak tizimi uchun qaysi biri foydaliroq ekani aniqlandi

    Salomatlik | 4 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha U-19 jahon chempionatida Fransiya g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 4 avgust, 10:50

    Ayrim migrantlar uchun Rossiyaga kirish umrbodga taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 4 avgust, 10:42

    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

    Reklama | 4 avgust, 09:00

    Instagram: Kuzda to‘yi bo‘ladigan Dilnoz Hakimova, nikohdan o‘tgan Madina Tojiboyeva, unashtirilgan Ruxsora Mirjalilova

    Madaniyat | 4 avgust, 10:32

    Hato “Ayaks”ning eng qimmat 10 ta transferidan biriga aylandi

    Sport | 4 avgust, 10:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.