• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda buzilishga tushgan noturar joy obyektlari uchun bino va yer ajratish tartibi muhokamaga qo‘yildi

    Toshkentda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan noturar joy obyektlari buzilishga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarga teng qiymatli bino-inshoot va yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom muhokamaga qo‘yildi.

    Foto: “Nuz.uz”

    Foto: “Nuz.uz”

    Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish faqat quyidagi maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi:

    mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;

    xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

    foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;

    avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

    aholi punktlari bosh rejalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va prezident qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollar.

    Davlat organining mulkdorga tegishli noturar joy binolari joylashgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishi munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yilib, bunda mulkdorning buzilishiga tushgan ko‘chmas mulk obyekti evaziga avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan (teng qiymatli) ko‘chmas mulk obyekti beriladi va ular o‘rtasidagi tafovut o‘rnatilgan tartibda tomonlarning notarial tasdiqlangan kelishuviga asosan qoplanadi.

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida Nizomning:

    1) 36-bandiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashlari tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng Toshkent shahar hokimligi va mulkdorlar bilan ikki tomonlama Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi;

    2) 42-bandiga asosan, ko‘chmas mulk obyektlari buzib tashlanishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan kelishuv imzolanadi:

    a) pul mablag‘lari;

    b) boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini mulk qilib berish;

    v) yer uchastkasini ajratib berish;

    g) kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari bilan qoplash ishlarini amalga oshirish.

    Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga ko‘chmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.

    Buzib tashlangan ko‘chmas mulk o‘rniga yangi qurilayotgan ko‘chmas mulk obyekti berish muddati boshqa ko‘chmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddatda yangi ko‘chmas mulk obyekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima to‘laydi. Bunda jarima miqdori buzib tashlangan ko‘chmas mulk obyekti qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

    Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan kelishuv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

    Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida qarori qabul qilingandan so‘ng, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati ushbu hududdagi buzilishga tushgan noturar joy binolari ro‘yxatini tegishli tuman komissiyasiga taqdim etadi.

    Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash va kompensatsiya (ko‘chmas mulk obyekti yoki yer uchastkasi) berish masalalarini hal etish uchun noturar joy binolari mulkdorlari tomonidan tuman komissiyaga buzilishga tushgan ko‘chmas mulk obyektiga tegishli mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (davlat orderi, hukumat va boshqa davlat boshqaruv organlari qarorlari, sudning qonuniy kuchga kirgan hukm, qaror, ajrimlari, oldi-sotdi shartnomasi va boshqa turdagi bitimlar), kadastr hujjatlari, baholash hisoboti (fotosuratlar va mulk huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar) topshiriladi.

    Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, buzilishga tushgan noturar joy bino va inshootlar evaziga kompensatsiya tariqasida boshqa manzildan avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan (teng qiymatli) ko‘chmas mulk obyektlarini yoki yer maydonini ajratib berish to‘g‘risida bayonnoma mulkdor bilan kelishilgan holda rasmiylashtiradi.

    Bayonnomaning tasdiqlangan nusxasi Toshkent shahar hokimligiga taqdim etiladi.

    Mazkur bayonnomaga muvofiq, mulkdor buzilishga tushgan noturar joy bino va inshootlari evaziga boshqa manzildan avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan (teng qiymatli) ko‘chmas mulk obyekti yoki yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.

    Toshkent shahar hokimligi arizani taalluqliligi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK yoki Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga munosabat belgisi bo‘yicha mulkdorga taklif berish uchun yuboradi.

    Markaz yoki Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi buzilishga tushgan (davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinayotgan yer uchastkasidagi) noturar joy bino va inshootlar o‘rniga yoki olib qo‘yilgan yer uchastkasi o‘rniga mulkdorga Toshkent shahar hududidagi boshqa manzillardan avvalgi noturar joy obyektining umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan (teng qiymatli) ko‘chmas mulk obyektlarini yoxud yer uchastkasini taklif qiladi.

    Taklif etilgan ko‘chmas mulk obyektlaridan biri mulkdor tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, ushbu ko‘chmas mulk obyektini buzilishga tushgan ko‘chmas mulk obyekti o‘rniga mulkdorga ajratib berish to‘g‘risidagi Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi besh ish kuni davomida Markaz tomonidan tayyorlanadi.

    Qaror loyihasiga mazkur Nizomning 7-bandidagi hujjatlar nusxalari, tegishli tuman hokimligining komissiyasi bayonnomasi ilova qilinib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Qurilish bosh boshqarmasi, markaz, mulkdor va Toshkent shahar hokimligining mas’ul shaxslari bilan kelishiladi.

    Qaror qabul qilingandan so‘ng, Markaz buzilishga tushgan (davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinayotgan yer uchastkasidagi) hamda o‘ringa-o‘rin berilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini baholash bo‘yicha baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotga besh ish kuni mobaynida buyurtma beradi.

    Buzilishga tushgan (davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinayotgan yer uchastkasidagi) hamda o‘ringa-o‘rin berilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini baholash va baholash hisobotini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar baholovchi tashkilotlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar asosida Markaz tomonidan amalga oshiriladi.

    Baholash natijalariga ko‘ra mulkdor hamda Markaz o‘rtasida kelishuv bitimi rasmiylashtiriladi.

    08.02.2020, 22:54   Izoh (0)   32324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi: O‘zbekiston nafaqat Uxan, balki Xitoyning chekka mintaqalaridan ham fuqarolarini evakuatsiya qilgan kam sonli davlatlardan b...

    08.02.2020, 22:35

    Bosh prokuratura Yangiyo‘lda buzilayotgan uylar bo‘yicha izoh berdi

    08.02.2020, 21:17

    Video: Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi

    08.02.2020, 20:58

    Toshkentning 8 ta tumanida tergov bo‘linmalariga ayollar rahbar etib tayinlandi

    08.02.2020, 20:39

    Namanganda Umraga otlangan 90 yashar onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

    08.02.2020, 19:17

    Mirishkorda aholini qiynab kelayotgan bir necha yillik muammo deputat aralashuvi bilan hal etiladigan bo‘ldi

    08.02.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.