Bugun, 5-fevral kuni, Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etish yuzasidan maxsus texnika va mutaxassislar tomonidan ish olib borilmoqda, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shu sababli Yunusobod tumani 2, 3, 4, 11, 13, 14, 17-mavzelari, Amir Temur hamda Shahriston ko‘chalarida istiqomat qiluvchilar vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uziladi.
“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)