Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 230-moddasi (Fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish)ga yangi tarkibdagi huquqbuzarliklar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Ushbu modda doirasida quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining (223 ming so‘m) 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdordagi jarimalar solinishi nazarda tutilgan:
- vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyatiga — topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralar ko‘rmaganlik uchun;
- tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslariga — tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, shuningdek, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan, perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik uchun.
Izoh (0)