Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Uxandan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 11:45 da Toshkent aeroportiga yetib keladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Oldin xabar qilinganidek, yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.
“Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Xitoydan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu fuqarolarda koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining aytishicha, yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshish kurashish uchun yaqin uch oyda 61,5 million dollar kerak bo‘ladi.
Izoh (0)