• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2019-yilda qancha oila o‘z uy-joyiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirgani ma’lum qilindi

    O‘tgan 2019-yilda adliya organlariga 100 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu 2018-yilgi ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar ko‘pdir. Ularning 86 mingdan ziyodi hal qilindi, qariyb 57 ming nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    3-fevral kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan media tadbirda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha o‘tkazilgan bir martalik aksiya doirasida 400 mingdan ziyod kadastr hujjati rasmiylashtirilgan. Ya’ni, 400 mingdan ortiq oila o‘z uy-joyiga nisbatan huquqiy kafolatni qo‘lga kiritdi. Ikki oy davomida maxsus aksiya doirasida ikki mingdan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Sudlarga 360 ta ariza yuborilib, 30 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya talab qilingan. 50 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.

    “Daryo” muxbirining xabar berishicha, аdliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘z nutqida qog‘ozbozlikni kamaytirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

    “Mahallalar tomonidan beriladigan ma’lumotnoma juda katta muammo bo‘lib kelgan. Birgina mahalladan 28 ta ma’lumotnoma berilar ekan. Bir yilda 40 millionta ma’lumotnoma berilganligi oydinlashdi. O‘ylab ko‘ringlar, byurokratiya shuncha odamning hayotiga ta’sir qilib kelgan, hammasi bekor bo‘ldi. ‘Mahalladan ma’lumotnoma olib kel’, deb talab qilish mumkin emas. Bitta narsaga e’tibor beringlar, mahalla hech qachon o‘zi bergan ma’lumotnomaga javob bermagan. Qanaqadir tizim shakllanib, biz byurokratiyani ichiga kirib ketgandik. Sekin-sekin bundan chiqish yo‘llarini o‘ylayapmiz. Ruhiy kasalliklar hamda narkologiya dispanserdan yiliga 500 mingta ma’lumotnoma berilar ekan.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Masalan, siz Mo‘ynoqda yashasangiz, Taxiatoshdagi dispanserga kelib, ma’lumotnomani olishingiz kerak. Pul to‘lashingiz lozim, qancha miqdorda pul to‘laysiz, uni hech kim yozmagan. Bu yerda ovoragarchiliklar ko‘p. Hukumat bizni qo‘llab-quvvatladi. Shu yilning 1-mart sanasidan mazkur ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan bo‘lyapti. Oldin 14 ta joydan berilgan bo‘lsa, endi 200 ta tumandan beriladi. Har kim o‘z tumanidan ma’lumotnomasini olishi mumkin.

    Ikkinchi tahlilimiz, nega bunday ma’lumotnomalar so‘ralyapti, degan masalani ham oldimizga qo‘yayapmiz. Nimaga hamma tashkilotga borsangiz, o‘nta hujjat, rasm va ma’lumotnoma so‘raydi. Nega rasmni ichki ishlar tizimi, integratsiya orqali o‘zi olmaydi? Hamma rasmga tushib yurishi kerak. Bu narsalar xalq uchun juda qulay bo‘lishi, qiyinchiliklar yaratmasligi kerak”, — dedi Davletov.

    Vazirning qo‘shimcha qilishicha, vazirlikka oxirgi ikki yilda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan besh mingdan ortiq loyihaning 10 foizi (527 ta) qonunchilik talablariga javob bermasligi sababli qaytarilgan. Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish sohasini takomillashtirish yuzasidan jami 92 ta taklif ishlab chiqilgan.

    04.02.2020, 06:33   Izoh (0)   17132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

    04.02.2020, 06:18

    Xitoydan 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib keldi

    04.02.2020, 06:03

    Qashqadaryoning eng baland cho‘qqisida joylashgan qishloq aholisi markazdan uzilib qoldi (foto)

    03.02.2020, 23:28

    Qashqadaryo IIB bodikamerasiz ishlagan YPX xodimi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    03.02.2020, 23:13

    Sankt-Peterburgda yuz bergan yong‘inda 20 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    03.02.2020, 22:58

    TIV Rossiyada 3 nafar o‘zbekistonlikning koronavirus gumoni bilan kasalxonaga joylashtirilganini tasdiqladi

    03.02.2020, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Gentrani zinadan tushirib haydagan yigitga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:40

    Belgiya qurollanish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari qurishga 7,3 mlrd yevro sarflaydi

    Dunyo | 14 avgust, 20:30

    O‘zbekistonda maishiy chiqindilarning bor-yo‘g‘i 5 foizi qayta ishlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.