Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yengil konstruksiyali uyda yuz bergan yong‘in oqibatida 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilarga xalaqit bergan 25 nafar O‘zbekiston fuqarosi esa tartib buzuvchi sifatida politsiya tomonidan olib ketilgan. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, politsiya 2-fevral kuni kechasi qurilish maydoniga chaqirilgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilarni o‘rab olgan va hamyurti uchun qayg‘urayotgan 25 nafar O‘zbekiston fuqarosi politsiya tomonidan olib ketilgan. Ularning 10 nafariga nisbatan Rossiyada bo‘lish tartibini buzganlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan.
Yong‘in o‘chirilgach, uy ichidan o‘zbekistonlik 20 yoshli erkakning jasadi olib chiqilgan. Yong‘inga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)