Alisher Mirzayev “Kapitalbank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Mazkur qaror 27-yanvar, dushanba kuni, bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.
Alisher Mirzayev mazkur lavozimni dekabr oyida tark etgan Oleg Kimning o‘rnini egalladi.
Alisher Mirzayev 1969-yilda tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 1993—2018-yillarda “Ipak Yo‘li” bankida turli lavozimlarda, xususan, rais vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
Alisher Mirzayev 2018-yilda “Hamkorbank” boshqaruvi raisining bankni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
U 2020-yil 17-yanvardan “Kapitalbank” rahbari vazifasini o‘z zimmasiga olgan edi.
Izoh (0)