• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayvonot bog‘i rekonstruksiyasi germaniyalik mutaxassislarga ishonib topshiriladi

    Germaniyaning dan pearlman Group kompaniyasi Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqishga yordam ko‘rsatadi. Kompaniya Germaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda hayvonot bog‘larini rivojlantirish rejalari va dizaynlarini ishlab chiqqan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

    Foto: “Tashkentzoo.uz”

    Poytaxt hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish hukumatning 2019-yil dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan. Avval xabar qilinganidek, hayvonot bog‘i davlat tashkilotidan mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirilib, uning ishonchli boshqaruvi Wildlife Care kompaniyasiga topshirilmoqda.

    Wildlife Care bosh direktori Abdumalik Siddiqovning ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda nemis mutaxassislari hayvonot bog‘ining hozirgi holatini baholashi kerak. Dushanba kuni ular hayvonlarni saqlash sharoitlari, jonivorlar ekspozitsiyasi va hayvonot bog‘i infratuzilmasi bilan tanishgan.

    Bir oydan so‘ng dan pearlman Group o‘z tavsiyalarini taqdim etadi, shundan so‘ng uch oyda yakunlanishi rejalashtirilgan rekonstruksiya loyihasini ishlab chiqish boshlanadi.

    Suratda (chapdan o‘ngga) — dan pearlman Group mutaxassislari Jorj Shnayder, Kiaran Stenli va Moskva hayvonot bog‘i mutaxassisi Yuriy Juravlev

    Suratda (chapdan o‘ngga) — dan pearlman Group mutaxassislari Jorj Shnayder, Kiaran Stenli va Moskva hayvonot bog‘i mutaxassisi Yuriy Juravlev
    Foto: “Gazeta.uz”

    Mutaxassislar hayvonlar uchun qulay muhitni buzmagan holda qanday qilib volyerlarni rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish, shuningdek, hayvonot bog‘ida ko‘ngilochar joylar, do‘konlar va kafelarni qoldirish mumkinligi haqida tavsiyalar beradi. Abdumalik Siddiqovning so‘zlariga ko‘ra, attraksionlar hayvonot bog‘ining uzoq qismiga ko‘chiriladi yoki mutaxassislar ulardan voz kechishni tavsiya qilsa, ular buzib tashlanadi.

    “Biz hal qilishimiz kerak bo‘lgan juda ko‘p vazifalar mavjud. Shunga asoslanib, ertaga biz xalqaro standartlarga (Yevrosiyo hayvonot bog‘lari va akvariumlar assotsiatsiyasi talablariga) muvofiq kelishuv imzolashimizni e’lon qilishimiz mumkin”, — dedi Abdumalik Siddiqov.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent hayvonot bog‘i “ko‘p jihatdan” hayvonlarni saqlash bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradi. Biroq to‘siqlar to‘g‘ri o‘rnatilmagan, temir panjaralarga esa ehtiyoj yo‘q. Hayvonlar va odamlarni himoya qilish uchun malakali muhandislik yechimlari mavjud.

    “Volyerlar (yirtqichlar) standartlarga mutlaqo mos emas. Ammo biz monolit binolarni nimadir qilishimiz kerak. Xalqaro standartlarga ko‘ra, odamlar hayvonlarga tepadan qarashi noto‘g‘ri. Bu hayvonlarni asabiylashtiradi. Bunday holatda ular o‘zlarini himoyasiz his qiladilar. Ular ko‘z bilan bir darajada bo‘lishi kerak va biz biron bir konstruktiv me’moriy yechimga kelishimiz lozim”, — dedi Siddiqov.

    Primatlar uchun pavilyon ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, shuning uchun maymunlar uchun volyerlar yoniga yozgi volyer qurish imkoniyati o‘rganilmoqda. Hayvonlar saqlash uchun xorijiy tajribalar o‘rganiladi.

    “Biz nafaqat odamlarni hayvonlardan, balki hayvonlarni ham odamlardan himoya qilishimiz kerak. Bizning vazifamiz odamlarning (buyumlarni volyerlar ichiga) tashlay olmasligi, hayvonlarni boqa olmasligini, lekin jonivorlarning tabiiy hayotini o‘rgana olishlarini ta’minlashdan iborat”, — degan Wildlife Care bosh direktori.

    Hayvonot bog‘i hududida sotishga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tuzish va do‘konlar sonini uch baravarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Hayvonot bog‘ida doimiy ishlaydigan xodimlar sonining ortishi tashrif buyuruvchilar tomonidan hayvonlarning ovqatlantirilishiga chek qo‘yadi. Videokuzatuv tizimini o‘rnatish hamda tashrif buyuruvchilarga hayvonlar to‘g‘risida ma’lumot beradigan yo‘lboshlovchilar ham bunga yordam beradi.

    “Hayvonlarni xavfli oziq-ovqatdan himoya qilishga kuchimiz yetadi deb o‘ylayman. Bu ko‘p jihatdan rekonstruksiyaga bog‘liq. Bu vazifani biz chet ellik mutaxassislar oldiga ham qo‘ydik, chunki biz ko‘plab volyerlarni panjara o‘rniga shisha bilan o‘raymiz”, — dedi Abdumalik Siddiqov.

    Uning ta’kidlashicha, so‘nggi olti oy ichida Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlar o‘limi kamaygan. Hayvonlarning sifatli tekshirilishini ta’minlash maqsadida ular uchun reabilitatsiya markazi barpo etiladi.

    “Biz hayvonlar turlarini saqlash tarafdorimiz. Hayvonot bog‘i bu — aslida pul olib kelmaydigan zararli korxona. Bu biz uchun ijtimoiy loyiha… Hayvonot bog‘i bu — turlar saqlanadigan genetik bank. Biz hayvonlar qanday qilib tutqunlikda yashashini anglab yetishimiz kerak, ular uchun tabiiy yashash muhitini, kichik changalzorlarni barpo etamiz”, — deya xulosa qildi Abdumalik Siddiqov.

    dan pearlman Group asoschilaridan biri Kiaran Stenli hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarga hayvonlar bilan muloqotda hissiy tajribalar tortiq etishi kerakligini ta’kidladi. Agar bunga erishilsa, tashrif buyuruvchilarda hayvonot bog‘iga yana tashrif buyurish niyati paydo bo‘ladi.

    2024-yilgacha Wildlife Care hayvonot bog‘ini rivojlantirish uchun 5 million dollar sarmoya kiritadi. Abdumalik Siddiqov xodimlarning ish haqini oshirish, samarali boshqaruv va shaffof xaridlar tizimini yaratish rejalashtirilganligini ta’kidladi.

    Hayvonot bog‘i besh yil ichida foydaga kirishi kutilmoqda, olingan foyda ham keyinchalik uni rivojlantirishga qayta yo‘naltiriladi.

    27.01.2020, 23:34   Izoh (0)   21066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vaziri Shavkat Mirziyoyevning murojaati budjetga og‘irlik qilmasligini ma’lum qildi

    27.01.2020, 23:08

    TIV Uxandan O‘zbekistonga qaytgan talabalarga zudlikda SSV bilan bog‘lanishni tavsiya qildi

    27.01.2020, 22:37

    Human xususiy bandlik agentligi rahbari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    27.01.2020, 22:23

    Qashqadaryoda maktab direktori 800 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

    27.01.2020, 21:36

    O‘zbekistonliklar 2019-yilda doimiy yashash uchun asosan Qozog‘iston, Rossiya va AQSh davlatlariga ko‘chib ketdi

    27.01.2020, 21:22

    Toshkentda bir kun ichida fuqarolardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi

    27.01.2020, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.