O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24-yanvar kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Ba’zi kanallarda u surdo tarjima, rus va ingliz tiliga o‘girilgan holda uzatiladi.
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida mamlakat taraqqiyotining eng muhim ustuvor vazifalari bildiriladi.
Murojaatnoma “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar” va “Mahalla” teleradiokanallari, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Dunyo bo‘ylab”, “Oilaviy”, “Toshkent” telekanallari hamda 12 ta hududiy teleradiokompaniyalar, shuningdek, MY5, Sevimli, UzReport, MilliyTV va Zo‘rTV kanallari orqali uzatiladi. Namoyish vaqti yaqin soatlarda ma’lum bo‘ladi.
Bundan tashqari, murojaatnomani davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali hamda MTRK va “O‘zbekiston 24” saytlarida ham tomosha qilish mumkin.
Murojaatnoma “O‘zbekiston” telekanalida surdo tarjima bilan, “Toshkent” va “Oilaviy” telekanallarida ruscha tarjimasi, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanalida esa ingliz tiliga o‘girilgan holda efirga uzatiladi.
Izoh (0)